4 fevral kuni Kun.uz saytida «Hukmdor Usmon» serialining «Mening yurtim» telekanali efiridan olinişiga oid xabar e'lon qilingan edi.

Unda telekanalning şaxsini oçiqlamaslik şarti bilan gapirgan vakili teleserial namoyişi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, şuningdek, Din işlari böyiça qömita raisi örinbosari Dilşod Eşnayevning bevosita aralaşuvi (xati) bilan töxtatilgani haqida ma'lumot bergandi.
Keça, 5 fevral kuni AOKA matbuot xizmati vakili uşbu xabar yuzasidan Kun.uz’ga agentlikning munosabatini bildirdi.
Unga köra, «Mening yurtim» telekanalida serial namoyişining töxtatilişiga haqiqatda Din işlari böyiça qömita raisi örinbosari Dilşod Eşnayev va AOKA raisi Asad Xöjayevning xati asos bölgani oydinlaşadi.
«Ammo bunga asos böladigan sabablar bor. Keling boşidan tuşuntiraman.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita tomonidan 2020 yil 2 dekabr kuni agentlikka xat yöllangan. Unda «Mening yurtim» telekanali orqali Turkiya respublikasida suratga olingan «Hukmdor Usmon» nomli serial efirga uzatilayotgani, unda turk va vizantiyaliklar orasidagi ixtiloflar diniy omillar orqali aks ettirilişi tufayli nasroniylarga nisbatan salbiy munosabat alomatlari, şuningdek, maişiy hayotda şar'iy jazolarni qöllaş, jihod va şahidlik tuşunçalarining notöğri talqin qilinişiga turtki böladigan lavhalar borligi aytilgan.
Şu bilan birga, uşbu xatda qömitaning ekspertlik guruhi mazkur serial davlat dinşunoslik ekspertizasidan ötkazmasdan efirga uzatgani ma'lum qilingan.
Biz tegişli qaror talablari va Din işlari böyiça qömita murojaatidan kelib çiqib, telekanal tomonidan efirga uzatilayotgan bu serial monitoringini ötkazdik.
Monitoringda ma'lum böldiki, telekanal serialni namoyişidan avval davlat dinşunoslik ekspertizasidan ötkazmagan. Ular faqat öz badiiy kengaşi qarori bilan iş körgan.
Ma'lumki, respublika hududida diniy materiallarning dinşunoslik ekspertizasidan ötkazilmasdan tarqatilişi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan «Diniy materiallarni davlat dinşunoslik ekspertizasidan ötkaziş tartibi töğrisida»gi











