Norma’ning yozishicha, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi doirasida 2021 yilda qator chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish yo‘nalishida:

shakllangan dehqonchilik ko‘nikmalari, tuproq-iqlim sharoiti, suv ta'minotidan kelib chiqib, respublika barcha tumanlari hududlari muayyan turdagi mahsulotlar yetishtirishga bosqichma-bosqich ixtisoslashtiriladi;

2021 yil 1 apreldan boshlab tuman hokimliklari zaxirasidagi yaxlit holda 300 gektargacha yer maydonlarida plantatsiya usulida intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish va 7 yil muddatda to‘lash sharti bilan aholiga sotish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

kooperatsiya shartlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun yoshlarga foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari ijaraga beriladi, shuningdek, fermer xo‘jaliklari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari ekin maydonlari ikkilamchi ijaraga beriladi.

Qulay agrobiznes muhiti va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish yo‘nalishida quyidagilarni amalga oshirish huquqi beriladi:

bir tumanda uchtagacha paxta-to‘qimachilik klasterlariga fermer xo‘jaliklari bilan shartnoma asosida faoliyat yuritish;

fermer xo‘jaliklariga ushbu klasterlar bilan paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha ixtiyoriy ravishda fyuchers shartnomalari tuzish.

Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishida 2021 yildan boshlab yer bozor qiymatini baholash hamda keyinchalik undan garov ta'minoti sifatida foydalanish amaliyoti tizimli yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yilda qayta foydalanishga kiritiladigan va o‘zlashtiriladigan yer maydonlari prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlanadi.

Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish yo‘nalishida:

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga sertifikatlangan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarini xarid qilish uchun ajratiladigan tijorat banklari kreditlari bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan: