Joriy yilning 19 mart kuni Namangan şahrining Davlatobod tumanida Yangi Özbekiston – yoşlar ziyo maskani axborot-kutubxonasi oçildi.

Marosimda viloyat rahbarlari, nuroniy va yoşlar iştirok etdi. Viloyat hokimining mingta ilmiy, badiiy kitoblari bu yangi ziyo maskaniga sovğa qilib berildi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, mazkur ziyo maskani 30 mingdan ziyod turli badiiy va ilmiy adabiyotlar, öquv qöllanmalar bilan ta'minlangan. Kelgusi 3 yilda kitoblar sonini 100 mingtaga olib çiqiş reja qilingan.

Qayd etilişiça, yangi kutubxonaning umumiy maydoni 5220 kv metrni taşkil etadi. Bino aholiga xizmat körsatuvçi 3ta qavat va kitoblar arxivi hamda fond saqlaş uçun möljallangan maxsus yertöladan iborat. Kutubxona bir vaqtning özida 1200 kişiga xizmat körsata oladi. Kutubxonaning kiriş qismida röyxatga oliş burçagi, infokioska joylaştirilgan bölib, har bir kitobxon uçun maxsus ID-kartalar beriladi va ular röyxatga olinadi.

Şu bilan birga, binoning birinçi qavatida “Bolalar maydonçasi” taşkil etilgan. Uşbu maydonçada 5 yoşdan 12 yoşgaça bölgan bolalar uçun kitoblar, ularning ijodiy faoliyatini rivojlantiriş uçun jihozlar ajratilgan.