Xabarlarga köra, Toşkent şahridagi “Aviasozlar” bozorida taşkil qilingan arzonlaştirilgan mahsulotlar yarmarkasida pista moyiga uzun navbat yuzaga kelgan. Bozor rastalarida ösimlik moyi 20 ming sömdan sotilayotgan bölsa, yarmarkada 14 ming sömdan sotilmoqda.

“Arzonlaştirilgan mahsulotlar yarmarkasi rastasida yoğ va şakardan boşqa narsa yöq. Uzr, adaşibman. Rossiyadan keltirilgan quyultirilgan sut ham bor ekan. Uni heç kim söragani ham yöq. Hamma yoğ dardida. Bunday nomigagina taşkil etilayotgan yarmarkalar bilan narx barqarorligini uşlab böladimi? Aholining yoğga bölgan ehtiyojini-çi? Aslo! Bu navbatlar bekorga paydo bölayotgani yöq. Ösimlik moyi allaqaçon narxi tez oşib borayotgan mahsulotlar tarkibidan joy olgan”, — deydi muallif.

Arzonlaştirilgan mahsulotlar yarmarkasi Toşkent şahar hokimligi tomonidan taşkil qilingan. Holat yuzasidan hokimlik matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, haqiqatan arzonlaştirilgan mahsulotlar yarmarkasida yoğ uçun navbatlar yuzaga kelgan.       

“Yarmarkalar faqat “Aviasozlar” bozorida emas, Toşkentdagi boşqa bozorlarda ham taşkil etildi. Tadbirkorlarga ajratilgan subsidiyalar hisobiga yoğ va boşqa mahsulotlar narxi arzonlaştirilgan tarzda bozorlarda sotildi. Boşqa joylarda mahsulot (ösimlik moyi) 20 ming sömdan sotilayotgan bölsa, yarmarkada 14—17 ming sömdan sotilmoqda. Şuning hisobiga odamlar navbatda turib yoğ sotib ola boşlaşdi. Fuqarolarga yanada yengillik yaratiş maqsadida bunday yarmarkalar yana davom etadi”, deydi Kun.uz bilan suhbatda bölgan hokimlik vakili.

Uşbu holat yuzasidan “Özyoğmoysanoat” korxonalari uyuşmasi ham Kun.uz’ga öz munosabatini bildirdi. Uyuşma matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, Toşkent şahar hokimligi taşkil qilgan yarmarkalarning uyuşmaga daxli yöq.

“Uyuşma narx-navoni belgilamaydi. Bugungi kunda rastalarda narx qimmatlaganining sababi şundaki, 2019 yilda 300 ming tonna xomaşyo yoğ işlab çiqariş uçun import qilingan bölsa, 2020 yilda pandemiya tufayli şuning uçdan birini ham olib keliş imkoni bölmadi. Özbekistonga xomaşyo eksport qiluvçi davlatlarda hosil kamaygani bois xomaşyo olib kelinişi kamaygan. Kelgusi yildan Özbekistonda 400 ming tonna xomaşyo olinib, 100 ming tonna yoğ işlab çiqariladi. Hozirda ösimlik moyiga yillik talab 450 ming tonnani taşkil qiladi. 2022 yildan boşlab 55-60 foiz xomaşyo özimizda işlab çiqariladi.

Hozir bozorlarda ösimlik moyi yetarliça. Yarmarkalarda nisbatan arzon sotilgani uçun navbat yuzaga kelişi tabiiy, biroq kuzatuvlarimiz natijasida bozor rastalarida yoğ taqçilligi yuzaga kelganiga guvoh bölmadik”, dedi “Özyoğmoysanoat”