Toşkentda 431 mlrd sömlik davlat buyurtmasi quriliş vaziri Botir Zokirovga aloqador kompaniyaga tendersiz berilgani ma'lum bölgaç, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi bu masalaga munosabat bildirmadi. Kun.uz muxbiri 15 aprel kungi matbuot anjumanida bu jimlik borasida agentlik rasmiylaridan izoh söradi.

Savolga javoban agentlik boşqarma boşliği Zuhriddin Qodirov bu masala yuzasidan örganişlar boşlanganini aytdi.

«Agentlik tomonidan quriliş sohasida, tenderlar va davlat xaridlarida manfaatlar töqnaşuvi va boşqa holatlarni aniqlaş böyiça doimiy ravişda masofaviy monitoring tadbirlari amalga oşirilyapti.

Quriliş vaziri bilan boğliq holat yagona holat emas. Faqat respublika miqyosida emas, viloyatlar miqyosida ham köp holatlar bor. Bu böyiça biz örganişlarni davom ettiryapmiz. Har bir holatlar böyiça tegişli takliflarimizni manfaatdor idoralarga berganmiz.

Bu masala böyiça ham örganişlar olib borilmoqda. Natijasini albatta jamoatçilikka yetkazamiz», – dedi Zuhriddin Qodirov.

Bundan avvalroq quriliş vazirining qarindoşlariga aloqador «Trest-12» kompaniyasi Mustaqillik maydonidagi 431 mlrd sömlik davlat buyurtmasini olgani haqida xabar berilgandi. Quriliş vaziri Botir Zokirovning öğli va rafiqasi bu kompaniyaning 27 foiziga egalik qiladi.

2019 yilda quriliş vaziri etib tayinlangan Botir Zokirovning özi ham ikki yil oldin «Trest-12»ning aksioneri bölgan.

Ma'lum bölişiça, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi binosini şu yil yozgaça 16,5 mlrd sömga ta'mirlaş ham şu kompaniyaga tendersiz berilgan. Toşkentda Islom sivilizatsiyasi markazini quriş bilan ham şu kompaniya şuğullanmoqda.

«Trest-12» 10 yil içida 800 mln dollar qiymatdagi quriliş-ta'mirlaş işlarini bajargani haqida ma'lumotlar