Jamiyat | 13:23 / 16.04.2021
239653
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov vafot etdi. U koronavirusga chalinib, Zangiotadagi shifoxonaga yotqizilgandi

O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov 15 aprel kuni 58 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, u koronavirusga chalinib, so‘nggi kunlarda Zangiotadagi shifoxonada davolanayotgandi.

Mirza Azizov 1963 yil Namangan viloyati Chust shahrida tug‘ilgan. 1989 yili Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga aktyor lavozimiga ishga qabul qilingan.

1999 yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 2015 yili O‘zbekiston xalq artisti faxriy unvonlari bilan mukofotlangan.
      
U 2016 yildan Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Mirza Azizov musiqali teatr aktyori sifatida «Yusuf va Zulayho»da Fir'avn, «Farhod va Shirin»da Bahrom, «Nodirabegim» musiqali dramasida Madalixon, «Alpomishning qaytishi» spektaklida Alpomish obrazlari orqali tomoshabinlar mehrini qozongan edi.

Mirza Azizov rejissyorlik san'atida ham o‘z mahoratini namoyon qilib, g‘oyaviy-badiiy jihatdan yetuk spektakllar sahnalashtirgan. Uning «To‘da» spektakli 2005 yilda Qohira shahrida o‘tkazilgan XVII Xalqaro eksperimental teatrlar festivalida 94 mamlakat ichidan laureat bo‘lgan.

U ko‘plab filmlarda yetakchi rollarni o‘ynagan. Jumladan, «Ko‘ngil ko‘chalari» serialida Sanjar, «Ostona»da mayor Mo‘minov, «Imom Buxoriy»da habash, «Gulxan atrofidagilar»da Hazrat Qorayevich kabi rollari orqali milliy seriallarda hamda «Muhabbat sinovlari» filmida Aziz Mirzayevich, «Tubanlik»da Turg‘un hoji, «Marg‘iyona»da temirchi, «Muruvvat»da Qodir, «Muhabbatimsan»da Shuhratxo‘ja, «Gumrohlar»da Mirza Mahmudov, «Novda»da bosh vrach singari 50dan ziyod kinolarda asosiy rollarni ijro etib, xalq dilidan joy olgandi.

Kun.uz marhumning yaqinlariga ta'ziya izhor qiladi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada "Al-Jabr" maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti

"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

Iteca Exhibitions: 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va xalqaro e’tirofi drayveri

Turkiston Avenue TJMning 3-blokida sotuvlar boshlandi: orzungizdagi xonadon narxi 100% to‘langanda 230 million so‘mdan boshlanadi

Yandex Uzbekistan O‘zbekistonda endilikda biznes muloqotlarini amalga oshirish uchun Yulduz va Lola ovozlarini taqdim etdi