Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oziq-ovqat narxlari oshishini sekinlashtirish uchun davlat nimalar qilmoqchi? Mamarizo Nurmurodov izoh berdi
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov oziq-ovqat narxlari keskin oshishiga qarshi qo‘llanishi kutilayotgan choralar haqida ma'lumot berdi.

O‘zbekistonda oziq-ovqat narxlari barqarorligini ta'minlash borasida yagona davlat strategiyasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Bizni tashvishga solayotgan oziq-ovqat masalasida aytish kerakki, prezident tomonidan hukumatga, tegishli vazirlik va idoralarga ichki bozordagi oziq-ovqat narxlari barqarorligini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish belgilandi. Hozirgi kunda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha yagona davlat strategiyasi ishlab chiqilmoqda.
Strategiya keng qamrovli ichki va tashqi talab va taklif omillarini o‘zida aks ettiradi. Kelgusida bizni xavotirga solayotgan oziq-ovqat narxlari o‘sishining sekinlashishiga xizmat qiladi», – dedi Mamarizo Nurmurodov 22 aprel kungi matbuot anjumanida.
Markaziy bank raisi oziq-ovqat narxlari o‘sishini sekinlashtirish bo‘yicha rejalashtirilayotgan ayrim choralarni sanab o‘tdi.
Importni diversifikatsiya qilish
«Xorijdan olib kelinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining import bozorlarini diversifikatsiya qilish. Masalan, yog‘ va shakar kabi mahsulotlarni asosiy hamkorlarimiz Rossiya, Qozog‘istondan olib keladigan bo‘lsak, Janubiy-Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi davlatlaridan olib kelish borasida ham hukumat tomonidan tegishli ishlar qilinmoqda», – dedi Nurmurodov.
Transport xarajatlarini pasaytirish
«Importda konsentratsiyalashuv darajasini pasaytirish va transport xarajatlarini kamaytirish. Bu borada ko‘rilayotgan chora-tadbirlar inflatsiya darajasini pasaytirishga ijobiy ta'sirini ko‘rsatadi», – dedi MB raisi.
Yetishtirilayotgan va ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat hajmlarini oshirish
«Qishloq xo‘jaligi vazirligi va hudud rahbarlariga oziq-ovqat narxlarini muvozanatlashtirish, meva-sabzavot, ozuqa va yem mahsulotlarining hajmini oshirish borasida ham topshiriqlar berilgan. Zaruriy yer maydonlari va suv resurslari ajratish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda», – deya qayd etdi Mamarizo Nurmurodov.
Avvalroq, Markaziy bank raisi go‘sht narxi barqarorlashgani haqida gapirgani xabar qilingandi. Nurmurodovga ko‘ra, qoramol importi o‘tgan yilgiga nisbatan 4 barobar oshib, rastalarda go‘sht narxi muvozanatlashgan.
Shuningdek, u imtiyozli kreditlar bank tizimida korrupsiyaga moyillikni oshirishini aytib o‘tgani xabar qilingan edi.
- 22 aprel kuni Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish haqida qaror qabul qildi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

20:29 / 21.07.2025
Markaziy bank oxirgi bir yilda narxlari eng ko‘p o‘zgargan tovarlarni ma’lum qildi

14:17 / 15.07.2025
Citibank O‘zbekistonda vakolatxona ochmoqda

07:51 / 15.07.2025
Markaziy bankning banklarda tekshirish o‘tkazish tartibi o‘zgaradi

15:21 / 12.07.2025