Fanlar akademiyasi ma'lum qilişiça, Milliy arxeologiya markazi Samarqand arxeologiya instituti va Samarqand davlat universiteti olimlari Qizilqum çölining janubiy-şarqida joylaşgan Oyoqoğitma botiğida neolit, Qorasigir botiği yaqinida paleolit davriga oid manzilgoh qoldiqlarini topgan.

«Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi va “JURU ENERGY CONSULTING” MÇJ örtasida tuzilgan şartnomaga binoan Samarqand arxeologiya instituti va Samarqand davlat universiteti mutaxassislaridan tarkib topgan guruh Qizilqum çölining janubiy-şarqida joylaşgan Oyoqoğitma botiği atrofida olib borayotgan tadqiqotlar davomida neolit davriga oid yangi neolit makonini topdi», deyiladi akademiya xabarida.

Oyoqoğitma-2 nomi bilan atalgan uşbu makonda 370 ta toş buyum, mikrofauna, oxra va gulxan qoldiqlari aniqlangan.

Şuningdek, Qorasigir botiği yaqinida paleolit davriga oid bir qator (7 ta punkt) yangi toşga işlov beriş ustaxonalari topilgan. Bu ustaxonalardan kulrang va jigarrangli kremniylardan hamda slanetslardan işlangan köplab işlov berilgan toş buyumlar aniqlangan, arxeologlar uni texnik-tipologik jihatdan örta paleolit davriga oid, deb hisoblamoqda.

Ma'lumot uçun, Qizilqum çöli bundan 5-6 ming yillar muqaddam bepoyon vodiy bölib, insoniyat ajdodlari juda ziç yaşagan “ming köllar mamlakati” bölgan. Darhaqiqat, hududda önlab sersuv daryolar mavj urib oqqan, yuzlab yirik köllar va şunga mos fauna-flora mavjud bölgan.

Neolit davriga oid dunyoga maşhur Kaltaminor madaniyati uşbu çöl hududidan topib örganilgan. Jumladan, Oyoqoğitma botiğining şimoliy çekkasidan Markaziy Osiyo neolitşunosligiga bebaho hissa bölib qöşilgan şu nomli makon topib örganilgan. Oyoqoğitma makoni Özbekiston-Polşa-Fransiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan jahon standartlari darajasida tadqiq qilingan.