“Qanotli” sözlari bilan maşhurlikka erişgan mansabdorlar
|12:59 / 13.07.202141 3878 min
Ruslarda “krilataya fraza” degan tuşunça bor. Odatda noodatiy, qiziqarli jumlalarga nisbatan qöllaniladi va ularning mualliflari aynan şu gaplari bilan xalq orasida maşhur bölib ketişadi. OAVda ham, ijtimoiy tarmoqlarda ham bunday insonlarning örni beqiyos – nafaqat ularning özlari, balki gaplari ham rosa muhokama qilinadi.
“Biz köp göşt yeyapmiz” — Alberto Garson, Ispaniya
Qarang, bizdan ham köçirişarkan. Kimdanligini darhol angladingiz. Ispaniya iste'mol vaziri Alberto Garson aholiga göştdan voz keçişni taklif qilgan.
“Biz köp göşt yeyapmiz. Göştni köp yeyiş nafaqat soğliqqa, balki atrof-muhitga ham zararlidir”, – degan u. Bu jumlalarni öqib, nimadir yodingizga tuşgan bölsa ajab emas. Keling, hammasini tartib bilan boşlaymiz va bu mavzuga yana töxtalamiz.
Söz erkinligi tufayli, internetning quloç yozişi ortidan Özbekistonda ham bunday mansabdorlar safi kengayib bormoqda. Quyida ana şunday rahbarlar haqida söz yuritamiz.
Aktam Hayitov, ÖzLiDeP lideri — “Biz köp göşt yeyapmiz”
Aktam Hayitov
“Göşt narxi nega qimmatlab ketyapti deb öylaysizlar? Töğri, ozuqa yetişmasligi birinçi sabab, ikkinçidan, bugun biz juda köp göşt iste'mol qilyapmiz. Şunçalik köp göşt yemoqdamizki, buning natijasida köpgina kasalliklar paydo bölyapti...” – degan edi jurnalistlar bilan uçraşuv vaqtida yana bir siyosiy partiya yetakçisi Aktam Hayitov.
U Kun.uz'ga bergan intervyusida: “Bu gapimiz rosa muhokama qilinganini kuzatdik, albatta. Lekin boşqaça talqin qilinganini ham aytişim lozim. Gap göşt yildan yilga köproq iste'mol qilinayotgani töğrisida borgandi...” deya izoh bergandi. Lekin Aktam Hayitov bu sözlarni Alberto Garsondan ança oldin aytgan va bemalol mualliflik huquqi böyiça tortişişi mumkin.
Uluğbek Inoyatov, XDP lideri — “2,5 mln söm 5 kişilik oilani 1 oy boqişga yetadi”
Mavzuga oid
Uluğbek Inoyatov
“Beş nafar farzandi bor va bitta oylik maoşi bilan yaşayotgan bölsa, 2,5 million oylik olsa, bemalol [yetadi] uyidagi beş nafar farzandi bilan... Buni iqtisodçilar hisoblab çiqqan”, – bu Uluğbek Inoyatovning sözlari.
Sobiq xalq ta'limi vaziri keyinçalik bu sözlari bilan faqat oziq-ovqat xaridini nazarda tutayotganini bildirgan.
Erkinjon Turdimov, Samarqand viloyati hokimi — “Oqsoç ayollarga talab ortib bormoqda, xotin-qizlarni şu kasbga örgatişimiz kerak”
Erkinjon Turdimov
“Bugungi kunda xorijda ham, özimizda ham uy işlarini qiluvçi oqsoçlik kasbiga talab ortib bormoqda. Samarqand viloyatidan ham juda köpçilik ayollar çet davlatlarda, xususan Turkiyada uy işlarini bajarişadi. Ammo bunday ayollarni tayyorlaydigan markazlar yöq. Ana şunday markazlarni oçişni taklif qilaman...” – bu Samarqand viloyati hokimining davlat rahbari iştirokidagi selektorda aytgan gaplari.
Keyinçalik Erkinjon Turdimov öz sözlariga “Bu sohada tartib örnatiş, uy xizmatçilarining huquqini himoya qiliş millatimizning şa'nini tuşirmaydi, aksinça yuksaltiradi. Ularni öqitadigan markazlarni oçişning yomon tomoni yöq”, – deya izoh bergan.
Şuhrat Ğaniyev, Farğona viloyatining sobiq hokimi, ayni paytda boş vazir örinbosari — sökilgan toşloqliklar, römol va salla mavzusi, blogerga öqiladigan janoza
Şuhrat Ğaniyev
Hamişa diqqat markazida yuriş böyiça öziga xos lider, qattiqqöl, lekin oğzi tizginsiz rahbar. Şuhrat Ğaniyev Farğona viloyatiga hokimligida ijtimoiy tarmoqlarning doimiy qahramoni edi.
Toşloqliklarni yoppasiga haqoratlagan, poytaxtdan borgan amaldorlarning içak-çavoqlarini boşlariga salla qilib qöyiş bilan tahdid qilgan, Riştonda minglab odamlarni haşarga majburlagan va eng ta'sirlisi – römol öraganlarga çora körişini aytgan Şuhrat Ğaniyev özini Farğonaning yakkahokimi deb bilardi.
Ammo kötarilib, boş vazir örinbosari lavozimiga tayinlanganidan keyin ança bosilib qoldi, çamasi.
Erali Bozorov, IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi boşliğining örinbosari — pul tölamay tonirovka qilganlar haqida
Erali Bozorov / Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
“Biz bilmaymiz-ku, oynasini ruxsatnoma olmasdan qoraytirib olgan haydovçi qayerda nima iş qilib yuribdi. Köpçilikning maqsadi boşqa bölişi mumkin”, – bu Yöl harakati Boş boşqarmasi boşliğining örinbosari Erali Bozorovning sözlari.
Erali Bozorov tizim maqsadi oynalarni qonunga xilof ravişda qoraytirişning oldini oliş ekanini bildirgan. Lekin bepul tonirovka qilib yurganlar potensial jinoyatçilar bölişlari mumkinligini pisanda qilgan IIV vakili pul tölab tonirovka qildirganlar qanday qilib ezgu maqsadlarga ergaşa boşlaşlarini tuşuntirmagan.
Jahongir Ortiqxöjayev, poytaxt hokimi — “Lyubaya biznes xorosha”
Jahongir Ortiqxöjayev
Özi ham asli biznes vakili bölgan Toşkent şahri hokimi Jahongir Ortiqxöjayev intervyusida aytgan “Lyubaya biznes xorosha” jumlasi juda keng tarqalib ketdi. Odamlar pul topiş yölidagi harakatlarini şu sözlar bilan ifodalay boşlaşdi.
Qiziği, hokimning bu sözlaridan ilhomlangan şovvozlar rasman “LYUBAYA BIZNES XOROSHA” nomli mas'uliyati çeklangan jamiyatni davlat röyxatidan ötkazdi. Ammo oradan köp ötmay bu firma mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgani hamma bizneslar ham yaxşi bölavermasligini körsatib qöydi.
Obid Hakimov, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori — “Bir kunda 5600 söm işlab topgan odam kambağal emas”
Obid Hakimov
Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimovning Kun.uz'ga bergan intervyusidagi “xalqaro taşkilotlar hisob-kitoblariga asoslansak, Özbekistonda 5600 söm mablağ işlab topgan odam kambağal emas” degan jumlasi tarqaliş jihatdan yuqoridagilarning hammasini ortda qoldirdi, desak mubolağa bölmas.
Keyinçalik iqtisodçi bunday deyişi sababi haqida qöşimça izohlar, intervyular berdi, hatto alohida matbuot anjumani ham ötkazdi. Ammo baribir öşa “5600 puli bor odam kambağal emas” degan jumla hanuz qanot qoqib yuradi.
Buning ijobiy jihati – odamlar Özbekistonda mana şunday institut faoliyat yuritişi va uning şunday rahbari borligini bilib oldilar.
Bunday maşhur jumlalar mualliflarini öz işiga noloyiq rahbar deb bölmaydi. Şunçaki, ular öz sözlari qanday aks-sado berişini, bu qadar “maşhurlik” qozonişini oldindan bilmaganlar.
Şu örinda, jahon siyosatçilari orasida ham qanotli jumlalar mualliflari köpligini ta'kidlaş lozim.
Rossiya sobiq prezidenti va sobiq hukumat raisi Dmitriy Medvedev pensionerlarga qarata: “Pul yöq, sizlar esa bardam bölinglar”, degani şov-şuvga aylanib ketgan edi.
Isroilning sobiq boş vaziri Golda Meyr: “Bizda atom bombasi yöq, lekin zarur bölsa, biz atom bombamizdan foydalanamiz”, degani ham “qanotli jumla”ga aylanib ketgan.
Qirğiz yozuvçilar uyuşmasi raisi, jamoat arbobi Abdurahmon Alimbayev töğridan töğri efirda şunday degandi: “Qirğiz qizlari boşqa millatlarga erga tegişyapti, qirğiz yigitlari esa boşqa millat qizlariga uylanişyapti. Bu xuddi urğoçi şerning şoqolga erga tegişiga yoki nar şerning urğoçi şoqolga uylanişiga öxşaydi”.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi