Yil yakunlanmoqda. Yana bir sana özgaryapti. Tarixga muhrlanayotgan 12 oy, 365 kun va 8760 soatning har biri öziga xos voqealar bilan keçdi. Biz ularning eng şov-şuv bölganlarini e'tiboringizga havola qilamiz.

Hokimlar işi

Hokimlarning xalq deputatlari Kengaşi raisi sifatidagi maqomini bekor qiliş 2019 yilgi davlat dasturida belgilangan bölsa-da, bu amalga oşmay qoldi. Ammo yil davomida hokimlarning nomunosib xatti-harakatlari bilan doimiy ravişda jamoatçilik diqqat e'tiboriga tuşib turgani – qoğozda qolib ketgan siyosiy islohotning qançalik zarurligini körsatib qöydi.

Bu borada Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyevni «eng ilğor» desak adaşmaymiz. Avvaliga snoslar mojarosida Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, Qaşqadaryo viloyati hokimi (keyinçalik işdan olingan) Zafar Röziyevlar bilan birgalikda prezident topşiriğiga köra omma oldida keçirimga öxşaş sözlarni gapirgan Ğaniyevning keyingi «qahramonligi» ham köp kuttirmadi.

Römol va soqol haqidagi öta şarmandali audiodan keyin Senatning Odob komissiyasiga çaqirilgan Farğona hokimi «ötinib-ötinib» keçirim söradi. Unga 3 oy sinov muddati berilgan bölsa-da, 2 oy ötar-ötmay tuman hokimiga blogerning «janozasini öqiş»ni buyurdi...

Tuman hokimlari orasida Ravşan Komilovga yetadigani bölmadi. Avvaliga öğirlangan makkajöxori videosi, keyinçalik sökişlarga töla audio tarqalib, Mirişkor tumani hokimiga olam-olam «şuhrat» keltirdi. Balki şular sababdir, Komilov hokimlikdan ketdi.

2019 yil Qaşqadaryo hokimi lavozimida 6 yildan buyon işlab kelgan Zafar Röziyevning işdan olinib, örniga Zoyir Mirzayevning