Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekneftgaz”: “Mustaqillikning 30 yilligi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi (Foto)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ta'sis etilgan “Mustaqillikning 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan “O‘zbekneftgaz” AJ va uning tizimidagi tashkilotlarda faoliyat yuritadigan xodimlar ham taqdirlanishdi.
Foto: O‘zbekneftgaz
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev mukofotga loyiq deb topilgan har bir ishchi-xodimga ko‘krak nishonini shaxsan tantanali ravishda topshirdi.
Boshqaruv raisi bu erishilgan ajoyib natijalar uchun mukofot bo‘libgina qolmay, oldinda turgan vazifalar ijrosi yo‘lida motivatsiya ekanini bildirdi.

Boshqaruv raisi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan xodimlarning neft va gaz sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati hurmatga sazovor ekanini bildirdi.
Ularga kelgusida “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi boshqarma va korxonalarni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish, qulay investitsiya muhitini yaratish, shuningdek, ma'naviy barqarorlikni saqlashdagi ishlariga muvaffaqiyatlar, sog‘liq, oilaviy tinchlik-totuvlik tiladi.


Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari, qayta ishlash zavodlari, neft bazalarida samarali faoliyat olib borayotgan 140 nafar xodim O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Boshqaruv raisining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.



“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
23:13 / 05.12.2025
Ustyurtda «O‘zbekneftgaz» va SOCAR qo‘shma loyihasi ishga tushdi
19:34 / 15.11.2025
«O‘zbekneftgaz» to‘lagan soliqlar 16 foizga, «UzAuto Motors»niki qariyb 43 foizga qisqardi
15:54 / 02.09.2025
Birjada AI-80 benzini sotuvi to‘xtatildi
15:00 / 02.09.2025