O‘zbekistonda 2022 yildan yer qa’ridan foydalanganlik uchun (oltindan tortib gazgacha) soliq stavkalari pasaymoqda. Lekin stavkalar NKMK, OKMK va “O‘zbekneftgaz” uchun o‘zgarmasdan qoladi. Bu 2022 yilgi budjetnoma va prezident qarorida ham aks etgandi.
Senatning navbatdagi yalpi majlisida moliya vaziri Timur Ishmetov 2022 yilgi davlat budjeti borasida axborot berdi.
“Budjet barqarorligini ta’minlash maqsadida 2022 yilda Navoiy kon metallurgiya, Olmaliq kon metallurgiya va “O‘zbekneftgaz” korxonalariga yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari saqlab qolinadi. Shuningdek, mazkur korxonalarning sof foydasi bo‘yicha dividendlar 100 foiz miqdorda davlat budjetiga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda”, — dedi vazir.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari kamaytirilishi oktyabr oyi boshida imzolangan farmonda belgilangan edi.
Unga asosan, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari:
- neft va tabiiy gaz bo‘yicha 10 foizgacha (amalda neft 20 foiz, tabiiy gaz 30 foiz);
- oltin va mis uchun 7 foizgacha (amalda oltin 10 foiz, mis 10 foiz);
- volfram konsentrati uchun 2,7 foizgacha (amalda 10,4 foiz);
- uran uchun 8 foizgacha (amalda 10 foiz) kamaytirilishi kutilyapti.
Yerosti boyliklarini o‘zlashtiruvchilar uchun bunday katta imtiyozlar 2022 yilgi davlat budjeti loyihasida ham aks etgan.
Yerosti boyliklarini o‘zlashtiruvchilarga bunday katta imtiyozlarning berilishi yerosti boyliklarning xorijiy va oligarxlarga tegishli kompaniyalarga o‘tib ketishi xavfini tug‘dirmaydimi degan savol tug‘ilmoqda.
Bugungi yalpi majlisdagi nutqi davomida Timur Ishmetov soliq stavkalarining pasaytirilishini shunday izohladi:
“Soliq stavkalarini pasaytirish orqali investitsiyalarni jalb qilish va foydali qazilmalar miqdori kam bo‘lgan konlarni o‘zlashtirish nazarda tutilgan.
Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i joriy qilinmoqda. Bu o‘z navbatida yer qa’ridan foydalanganlik uchun past stavkalar bilan birgalikda quyidagilarga imkon beradi:
- investorlarga kapital xarajatlarni qoplash;







