Özbekistonda 2022 yildan yer qa’ridan foydalanganlik uçun (oltindan tortib, gazgaça) soliq stavkalari pasaymoqda. Lekin stavkalar NKMK, OKMK va “Özbekneftegaz” uçun özgarmasdan qoladi. Bu yer osti boyliklarning xorijiy va oligarxlarga tegişli kompaniyalarga ötib ketişi xavfini oşirmaydimi?

Kun.uz muxbirining uşbu savoliga javoban Davlat soliq qömitasi raisi Şerzod Qudbiyev bunday deb hisoblamasligini bildirdi.

“Soliq idoralari soliq kodeksida yozilgan normalarning ma’murçiligi bilan şuğullanadi. Soliq siyosati, stavkalarini belgilaş esa köproq Moliya vazirligiga taalluqli böladi.

Ikkinçidan, qolganlarga pasaytirilyapti, NKMK, OKMKga pasaytirilmayapti deganingiz, menimça, ular davlat taşkilotlari-ku, şunga pasaytirilmagandir. Qolganlarga soliq stavkalarining pasaytirilgani bevosita xöjalik yurituvçi sub’yektlar hisobida köproq mablağ qoladi, bu mablağlar öşa yerda iş örni yaratilişiga reinvestitsiya qilinsa kerak.

Umuman, sizning taxminingizga men qöşila olmayman”, – dedi DSQ raisi.

Eslatib ötamiz, yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliq stavkalari kamaytirilişi oktyabr oyi boşida imzolangan farmonda belgilangan edi.

Unga asosan, yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliq stavkalari:

  • neft va tabiiy gaz böyiça 10 foizgaça (amalda neft 20 foiz, tabiiy gaz 30 foiz);
  • oltin va mis uçun 7 foizgaça (amalda oltin 10 foiz, mis 10 foiz);
  • volfram konsentrati uçun 2,7 foizgaça (amalda 10,4 foiz);
  • uran uçun 8 foizgaça (amalda 10 foiz) kamaytirilişi kutilyapti.

Biroq NKMK, OKMK va “Özbekneftgaz” avvalgi stavkalarda soliq tölaşda davom etadi.

Yer osti boyliklarini özlaştiruvçilar uçun bunday katta imtiyozlar 2022 yilgi davlat budjeti loyihasida ham aks etgan.