Viloyat XTB boşliği Azizbek Mirkomilov esa tadbirlarda rasm va videotasvirlarni tarqatgan öqituvçilarni «gap taşiş» va «ğiybatçilik qiliş»da aybladi.
Andijon viloyatidagi barça tuman-şaharlardagi ta’lim muassasalarida öqituvçilar, maktab rahbarlari va mahalla ahli bilan «Gulxan atrofida» nomi ostida ommaviy tadbirlar ötkazilayotgani ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokamalarga sabab böldi.

Ayrim öqituvçilar mazkur tadbirlarga majburlanayotgani, rahbarlar esa 22:00 gaça ta’lim muassasasida uşlab qolinayotgani haqida öz e’tirozlarini bildirişgan.
Biroq viloyat xalq ta’limi boşqarmasi mazkur iddaolarni keskin rad etib, tadbir mahallalar va u yerlarda yangi taşkil etilgan yoşlar yetakçilari tomonidan amalga oşirilayotganini ta’kidladi. Ammo viloyat ta’lim muassasalari xodimlarining Facebook’dagi sahifalarini kuzatar ekansiz, bu tadbirlarda asosan maktab öqituvçilari iştirok etayotganini köriş mumkin.

Şuningdek, mazkur tadbirlarda maktab öquvçilarning ham iştiroki kuzatilmoqda.
Jumladan, Asaka tumani 30-umumta’lim maktabidagi keçki tadbirlarda yupun kiyingan öquvçilarning raqs tuşayotgani internet sahifasiga joylaştirilgan.

Eng qiziği, mazkur tadbirlar ortidan ta’lim muassasalari rahbarlariga ommaviy tarzda «Vijdon xati» yozdirilmoqda.
Tahririyatimizga kelib tuşgan mana şunday xatlardan birida direktor va uning örinbosarlari tadbirlarda vijdonan iştirok etişga va’da berişi haqida yozilgan.
Uşbu ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bölayotgan holatlar ortidan viloyat XTB boşliği Azizbek Mirkomilov murojaat bilan çiqdi va öz murojaatida guruhlardagi rasmlarni tarqatayotgan öqituvçilarni «gap taşiş» va «ğiybatçilik qiliş»da aybladi.



















