Prezident “Toşkent şahar jamoat transport tizimini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Jamoat transporti yönalişlarining yangi tarmoği joriy qilinişi munosabati bilan tariflarning ham yangi tabaqalaştirilgan turlari joriy etiladi.
Tabaqalaştirilgan tariflar yönaliş turi, metropolitenda qatnov masofasi va transport turidan kelib çiqqan holda şakllantiriladi (magistral va halqa yönalişlari tarifi, boğlovçi yönaliş tarifi, yetkazib beruvçi yönaliş tarifi, masofaga boğlangan metro tarifi, bir transportdan ikkinçi transportga ötiş tarifi).
Yölkira haqi tölanişi ustidan zamonaviy nazorat tizimini yaratiş uçun:
maxsus kiyim, bodi kamera va planşetlarga ega yönaliş nazoratçisi lavozimi joriy etiladi va ularga yölkira haqini tölamagan yölovçilarga örnatilgan tartibda jarima qöllaş huquqi beriladi;
yönaliş nazoratçilari foydalanadigan dasturlar Içki işlar vazirligining tegişli dasturlariga integratsiya qilinadi va normativ-huquqiy hujjatlariga zarur özgartirişlar kiritiladi.
Jamoat transporti taşuvçilarini ularga biriktirilgan yönalişlarda haqiqiy bajarilgan iş hajmlari (bosilgan masofa va taşilgan yölovçilar soni) hamda sifat körsatkiçlarini inobatga olgan holda moliyalaştirişning yangi tizimi (Pool system) joriy etiladi.
Moliyalaştirişning yangi tizimi (Pool system) manbai etib yölovçi taşişdan olingan daromadlar, mahalliy budjet parametrlarida çeklangan tariflar asosida yölovçilar taşişdan köriladigan zararlarini qoplaş hamda şahar yölovçi transportida bepul yuriş huquqiga ega bölgan yölovçilarni taşiş uçun ajratiladigan mablağlar hisoblanadi.
Yölovçi taşişdan olinadigan daromadlar va mahalliy budjet parametrlarida jamoat transporti uçun közda tutilgan barça mablağlar Transport vazirligining Toşkent şahar transport boşqarmasida jamlanadi hamda taşuvçilar bilan hisob-kitoblar amalga oşiriladi.
Moliyalaştirişning yangi tizimida har bir yönalişning şartnomaviy qiymati hisob-kitoblar asosida aniqlanib, xizmat körsatişning sifat körsatkiçlari belgilanadi.
Uşbu tizimda har bir yönaliş elektron tender savdolari orqali savdoga çiqarilib, eng yaxşi taklif bergan taşuvçi bilan transport sohasini boşqarişga vakolatli bölgan davlat organi örtasida şartnoma tuziladi. Şartnoma talablari bajarilganda vakolatli organ tomonidan taşuvçilar faoliyati har oy yakuni bilan moliyalaştirilib boriladi.

















