17:40 / 03.03.2022
120545
UzAuto Motors narxlarni oshirdi

Avtomobillarning yangi narxlari e’lon qilindi. Avtosalonlar 3 martdan boshlab yangi (oshgan) narxlarda shartnoma berishni boshlagan.

UzAuto Motors ommabop avtomobillar uchun shartnomalarni yangilaganini ma’lum qildi. Narxlar turli mashinalar kesimida 10-12 foiz atrofida oshgan.

Xususan, Nexia, Spark, Damas va Cobalt avtomobillari narxi 10 foizga, Gentra narxi esa 12 foizga qimmatlashdi. Spark, Nexia va Cobalt'ning nisbatan arzonroq mexanik uzatmali komplektatsiyasi hamon sotuvda yo‘q.

  • Damas — 86 110 000 so‘m
  • Spark 4-pozitsiya — 104 095 000 so‘m
  • Nexia-3 AT/plus — 119 921 000 so‘m
  • Cobalt AT/plus — 125 795 000 so‘m
  • Gentra 1-pozitsiya — 128 284 000 so‘m
  • Gentra 3-pozitsiya — 153 506 000 so‘m
  • Tracker — 255 200 000 so‘m
  • Tracker Redline — 264 000 000 so‘m
  • Malibu 2 — 405 900 000 so‘m
  • Traverse 2022 boshlang‘ich komplektatsiya — 469 211 034 so‘mdan
  • Traverse 2022 Premier — 647 600 000 so‘m
  • Tahoe 2022 boshlang‘ich komplektatsiya — 597 687 427 so‘mdan
  • Tahoe 2022 RST — 947 499 99 so‘m

Shuningdek, 3 martdan boshlab Chevrolet Lacetti, Cobalt, Nexia va Spark avtomobillari uchun shartnomalar qayta tiklanishi ma’lum qilindi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, narxlar «bozor tahlili natijalariga ko‘ra, shuningdek, xomashyo tannarxining oshishi, kommunal xizmatlar uchun tariflar, milliy valutaning qadrsizlanishi va boshqa omillarni hisobga olgan holda» oshirilgan.

Top