Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda fuqarolarni aldov yo‘li bilan Meksika orqali AQShga yubormoqchi bo‘lgan jinoiy guruh a’zolari ushlandi
DXX hamda IIB xodimlari fuqarolarni aldov yo‘li bilan Meksika orqali AQShga yuborish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ygan. Shuningdek, yana bir holatda fuqaroni Turkiyaga sotib yubormoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingan.
Foto: IIB axborot xizmati
Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Samarqand shahrida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan R.O. va 1979 yilda tug‘ilgan S.R. fuqarolardan birini 32 ming dollar evaziga Meksikaning aylanma yo‘llari orqali AQShga yuborishni va’da qilib, kelishilgan mablag‘dan 7 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda jinoiy guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toyloq tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro F.N. Samarqand xalqaro aeroporti orqali mahalliy fuqaroni Turkiya davlatiga noqonuniy mehnat migranti sifatida sotib yuborayotgani aniqlanib, qo‘lga olingan.
Hozirda jinoiy guruhning boshqa a’zolarini aniqlash bo‘yicha tadbirlar olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, qo‘lga olingan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilmoqda.
Avvalroq Jizzax va Samarqand shaharlarida katta pul evaziga fuqarolarni Meksika orqali AQShga noqonuniy yo‘l bilan jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid
21:07 / 29.05.2026
Tramp Eronning boyitilgan urani yo‘q qilinishini aytdi
18:59 / 29.05.2026
AQSh va Eron kelishuvga yaqin. Vositachilar muhokama qilayotgan 5 muhim masala tafsilotlari
13:56 / 29.05.2026
AQShda 250 dollarlik banknota chiqarilishi mumkin. Unga Tramp tasviri tushiriladi
09:13 / 29.05.2026