Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev 22 iyun kuni tegişli qarorni imzolab, Qöyliq bozori joylaşgan hududni davlat va jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyişga ruxsat berdi.
Qarorda mulklar kompensatsiya tölanganidan keyin olib qöyilişi qayd etilgan.
Bozor yaqinidagi köprikka Toşkent halqa avtomobil yölidan kiriş va çiqiş imkonini beruvçi qöşimça yöl ötkazgiçlar quriladi. Qarordan ma’lum bölişiça, bu taklifni hukumatga şahar hokimligi hamda Transport va Qurilish vazirliklari kiritgan. Hukumat 2021 yil 12 iyuldagi 387-m-sonli maxsus farmoyişi bilan, taklifni ma’qullagan.
Yöl ötkazgiçlar quriş uçun Bektemir tumani Toşkent avtomobil halqa yöli böylab joylaşgan quyidagi köçmas mulk obektlari buziladi:
| № | Manzil | Mulkdor | Haqiqiy yer maydoni, (kv.m.) | Hujjat böyiça yer maydoni, (kv.m.) |
| 1 | Bektemir tumani, Toşkent avtomobil halqa yöli | “Triumvirat-Qurilish” MÇJ | 35144 | 35000 |
| 2 | Bektemir tumani, Toşkent avtomobil halqa yöli | “Qöyliq dehqon bozori” OAJ | 8729 | 7100 |
| 3 | Bektemir tumani, Toşkent avtomobil halqa yöli | “Qöyliq dehqon bozori” OAJ | 44254 |













