Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani hududida maxsus reyd davomida YPX xodimlaridan qoçgan Isuzu va Kamaz yuk maşinalari özaro töqnaşib yonib ketgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, 2022 yil 23 iyun kuni kuni soat 15:30 larda Jarqörğon tumanida yaşovçi fuqaro boşqaruvidagi Isuzu yuk maşinasi bilan Şerobod-Jarqörğon yönalişida Qiziriq tumani hududidan ötuvçi 4R-103 avtomobil yölining 29-kilometrida harakatlanib, qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan va röparadan kelayotgan Şerobod tumanida yaşovçi fuqaro boşqaruvida bölgan Kamaz yuk maşinasi bilan töqnaşgan.
Oqibatda, haydovçilar tan jarohatlari olib şifoxonaga murojaat qiladi. Şuningdek, töqnaşuv paytida yonğin sodir bölib, har ikkala maşina yonib ketgan.
Tegişli tartibda har ikkala haydovçi spirtli içimlik ta’siridan mast bölganlikda gumonlanib, tibbiy tekşiruvga taklif etilganida 1985 yilda tuğilgan Isuzu yuk haydovçisi narkolog körigini rad etgan. Hozirda unga nisbatan sudga oid tibbiy va kimyoviy ekspertizalar tayinlangan.
Qayd etilişiça, hozirda holat yuzasidan Qiziriq tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Samarqandda buğdoy va somon ortib ketayotgan yuk maşinalari yonib ketgandi.












