Avvalroq, Samarqand şahrining Boğbonlar mahallasida yaşovçi kelin sirka içib öz joniga qasd qilgani va holat yuzasidan Samarqand şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilayotgani haqida xabarlar berilgandi.

Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning xabar berişiça, 29 yoşli ayolning sirka içib öz joniga qasd qilgani yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.

«Samarqandda 29 yoşli ayol uksus kislotasidan zaharlanib, vafot etganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (Özini özi öldiriş darajasiga yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatildi», deyiladi, xabarda.

Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan aniqlanişiça, 2022 yil 24 iyun kuni Samarqand şahri Boğbonlar mahallasi Yangiravot köçasida yaşovçi, 1993 yilda tuğilgan N.M. sirkadan (uksus kislotasi) ötkir zaharlaniş taşxisi bilan Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam markazi Samarqand filiali xirurgiya bölimiga yotqizilgan.

2022 yil 27 iyun kuni N.M.ga körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan jonlantiriş bölimida vafot etgan.

Qayd etilişiça, marhuma N.M.ning ölimi sababini aniqlaş maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Tergovga qadar tekşiruv harakatlari ustidan Boş prokuratura tomonidan nazorat örnatilgan.