Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning borti yana Nukusga uçmoqda. Bu haqda Flightradar24 sayti xabar bermoqda.

Davlat rahbari 2 iyul kuni kuni ommaviy namoyişlar bölib ötgan Qoraqalpoğiston poytaxtida bölib qaytgandi.

Qoraqalpoğistondagi tartibsizliklar mahalliy aholi vakillari Konstitutsiyaga mazkur hudud maqomini özgartirişni nazarda tutuvçi özgartirişlardan noroziligi bilan boğliq.

Asosiy qomusga özgartirişlar kiritiş böyiça qonun loyihasi 26 iyun kuni jamoatçilik muhokamasi uçun e’lon qilingandi. Keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda qoraqalpoğistonliklar fleşmob uyuştirib öz noroziliklarini bildirişdi. 1 iyul kuni esa Nukus şahri markazida ommaviy namoyiş boşlandi.

Şavkat Mirziyoyev 2 iyul kuni Nukusda deputatlar, jamoatçilik faollari bilan uçraşib, Konstitutsiyaning Qoraqalpoğistonga tegişli qismlari özgarişsiz qolişini aytdi.

Ayni vaqtda şaharda namoyişlar tinçigan. Prezident farmoni bilan fuqarolarning xavfsizligini ta’minlaş, ularning huquq va erkinliklarini himoya qiliş, qonuniylik va huquq-tartibotni tiklaş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida 2022 yil 3 iyul kuni soat 00:01 dan 2022 yil 2 avgust kuni soat 00:00 ga qadar bölgan davrda favqulodda holat joriy etilgan.