Qozoğistonda Koronavirus tarqalişining oliş böyiça idoralararo komissiya qarori bilan, mamlakatning Özbekiston va Rossiya bilan çegaralaridagi 12ta avtomobil ötkaziş punkti faoliyatiga qöyilgan taqiq olib taşlandi.

Unga köra, 2022 yil 12 iyuldan boşlab, Özbekiston bilan çegaradagi “Tselinniy” va “Sirdaryo” avtomobil ötkaziş punktlari (Özbekiston tarafidan – mos ravişda “Oq-oltin” va “Malik” postlari) faoliyati tiklandi.

Eslatib ötamiz, keça, 11 iyulda Kun.uz eksport tovarlari ortilgan yuk avtomobillari Özbekistondan çiqişdagi tirbandliklar sabab uzoq vaqt yöqotayotgani haqida reportaj e’lon qilgan edi. Qöşimça ikkita postning qayta oçilişi qolgan postlardagi tirbandlikni kamaytirişga yordam berişi mumkin.