«Fransiya taraqqiyot agentligi iştirokida “Yaşil iqtisodiyotni rivojlantiriş dasturi” va OPEK xalqaro hamkorlik jamğarmasi iştirokida “Özbekistonning ötiş davridagi rivojlaniş siyosatini jadallaştiriş” loyihalarini amalga oşiriş, şuningdek, davlat taşqi qarzlariga xizmat körsatiş çora-tadbirlari töğrisida»gi Vazirlar Mahkamasining qarori imzolandi.
Qayd etilişiça, respublika budjeti xarajatlarini moliyalaştiriş uçun 6 yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga Fransiya taraqqiyot agentligidan 150 mln yevro, 5 yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga OPeK xalqaro hamkorlik jamğarmasidan 100 mln dollar miqdorida qarz mablağlari jalb qilinadi.
Qarorga köra, mazkur qarzlarni qaytariş va boşqa xarajatlar budjet mablağlari hisobidan qoplanadi.
Ma’lumot uçun, 1 aprel holatiga Özbekistonning umumiy taşqi qarzi 38,8 mlrd dollarni taşkil qilmoqda. Şundan davlat taşqi qarzi 23,4 mlrd dollar.












