Jizzax viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 8 iyul kuni M-39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Ğallaorol tumanidan ötgan 1035-kilometrida Cobalt maşinasi töxtatilgan.

Tekşiruv jarayonida maşinani Ğallaorol tumani Lalmikor qörğonida yaşovçi 2013 yilda tuğilgan, 3-sinf öquvçisi boşqarib ketayotgani aniqlangan.

Dastlabki suriştiruvda, maşina boşqaruvini 9 yoşli maktab öquvçisiga uning ota-onasi topşirgani ma’lum bölgan.

Qayd etilişiça, Cobalt tegişli tartibda jarima maydonçasiga joylaştirilgan. Yoş bolaga maşina boşqaruvini topşirgan ota-onaga MJtKning tegişli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.