Qoraqalpoğiston hududida komendantlik soati özgaradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Qoraqalpoğiston Respublikasidagi vaziyatning barqarorlaşgani va hudud aholisining odatdagi hayot tartibiga qaytayotganini hisobga olib, Özbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan Qoraqalpoğiston hududida joriy etilgan favqulodda holat rejimini yumşatiş, ya’ni komendantlik soatining amal qiliş vaqtini «soat 21 dan soat 7 ga qadar» örniga «soat 23 dan soat 5 ga qadar» etib belgilaşga qaror qilindi.
Qoraqalpoğistonda favqulodda holat joriy etiş töğrisidagi 2022 yil 2 iyuldagi prezident farmoniga tegişli özgartirişlar kiritiş töğrisidagi farmon davlatimiz rahbari tomonidan imzolandi va Oliy Majlis palatalariga tasdiqlaş uçun yöllandi», deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, 1-2 iyul kunlari Nukus şahrida röy bergan tartibsizliklardan keyin, prezident Qoraqalpoğiston hududida bir oy muddatga favqulodda holat rejimi joriy etgandi.
Favqulodda holat davrida quyidagi çoralar va vaqtinçalik çeklovlar örnatilgan:
- jamoat tartibini, öta muhim va toifalangan obektlarni hamda aholining hayot faoliyatini ta’minlovçi infratuzilma obektlarini muhofaza qiliş kuçaytiriladi;
- Qoraqalpoğiston hududida harakatlaniş erkinligi çeklanadi, şu jumladan transport vositalari uçun ham;
- fuqarolarning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlar tekşirilişi, ularning şaxsiy körikdan ötkazilişi, ulardagi aşyolar va transport vositalari közdan keçirilişi ta’minlanadi;
- Qoraqalpoğiston hududiga kiriş va undan çiqiş çeklanadi;
- tinç yiğilişlar, köngiloçar, sport va boşqa ommaviy tadbirlar taşkil etilişi va ötkazilişi taqiqlanadi;
- yuridik şaxslar faoliyatini töxtatib turiş yoki tugatişga qaratilgan iş taşlaşlar va boşqa har qanday harakatlar taqiqlanadi;
- qurol, öq-dorilar, portlovçi moddalar, maxsus vositalar, zaharli moddalar sotilişi taqiqlanadi;
- dori va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar hamda etil spirti va alkogol mahsulotlari muomalasining alohida tartibi joriy etiladi;
- jismoniy şaxslardan qurol va öq-dorilar, zaharli moddalar, yuridik şaxslardan esa qurol, öq-dorilar va zaharli moddalar bilan bir qatorda harbiy va öquv-harbiy texnika, portlovçi va radiaktiv moddalar vaqtinçalik olib qöyiladi.













