Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda haydovchining otasi vafot etdi
Nexia mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 16 iyul kuni soat 20:25 larda Jizzax-Paxtakor avtomobil yo‘lining Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan 20-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Paxtakor tumanida yashovchi fuqaro Nexia mashinasi bilan Paxtakor yo‘nalishida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Shundan so‘ng mashina yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan. Oqibatda, mashinada bo‘lgan haydovchining otasi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, Jizzaxda Samarqand viloyatida yashovchi haydovchi Cobalt mashinasi bilan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib yuborgan, oqibatda piyoda vafot etgandi.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026