23 iyul kuni barça hududlarda çet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar boşlandi.
Ijodiy imtihonlar ikki bosqiçda ötkaziladi. 23-25 iyul kunlari tinglab tuşuniş, öqiş, yoziş böyiça sinovlar yozma şaklda taşkil etilmoqda. Gapiriş könikmasini baholaş imtihonlari esa 24-26 iyul kunlari elektron tarzda ötkaziladi.
Ijodiy imtihonlar barça hududlarda – Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va viloyatlarda ötkazilmoqda. Yozma imtihonlar 2 smenada bölib ötyapti.

Kun.uz jarayonni yoritiş uçun Davlat test markazida böldi. Markazda abituriyentlarga yetarli şaroitlar yaratilgan, imtihon xonalari zarur jihozlar bilan ta’minlangan.
Vazirlar Mahkamasining 34-son qaroriga asosan, joriy yildan boşlab 6ta OTMga kirişda çet tilidan kasbiy-ijodiy imtihonlar ötkazilmoqda. Bular: Özbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti, Samarqand davlat çet tillari universitetining çet tili birinçi fan bölgan ta’lim yönalişlariga, şuningdek, Qöqon davlat pedagogika instituti, Toşkent davlat pedagogika universiteti, Nukus davlat pedagogika universitetlarining filologlarni tayyorlovçi yönalişlari.

DTM boş mutaxassisi Jamşid Odilovga köra, yuqoridagi ta’lim yönalişlariga 13 mingdan ziyod abituriyent röyxatdan ötgan, 4 mingdan ortiğida çet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatlari bor.

“Çet tilidan sertifikati bölgan abituriyentlar ijodiy imtihonlarda iştirok etmaydi va ularga çet tilidan maksimal ball beriladi. Qolgan 8,5 ming abituriyent sinovda qatnaşadi. 23 iyul kuni DTMda arab, turk, hind va fors tilidan imtihonlar ötkazilmoqda. Barça tillar böyiça imtihonlar belgilangan kunlarda ötkaziladi”, – deydi u.

Eslatib ötamiz, Kun.uz bu yilgi kiriş imtihonlari borasida Davlat test markazi direktori Sardor Rajabov bilan intervyu












