Yozning eng uzun seriali. Frenki de Yong atrofidagi voqealar rivoji
|19:55 / 27.07.202222 14616 min
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Erik ten Hag «Mançester Yunayted»ga boş murabbiy etib tayinlanişi bilanoq u Frenki de Yongni «Barselona»dan olib kelişi haqida xabarlar tarqalgan, jiddiy naşrlar ham bu kelişuv deyarli töqson töqqiz foizga hal bölgani, klublar transfer summasi böyiça kelişib olişgani haqida yoza boşlaşgandi. Tabiiyki, bu yozning eng uzun va tuşunarsiz seriallaridan biriga aylanişini heç kim kutmagan, ammo...
Goh Laporta çiqib, de Yong heç qayerga ketmasligini aytadi, goh de Yong atrofidagilar futbolçining Çempionlar ligasida öynaş niyati tufayli «Yunayted» varianti qiziqtirmasligi haqida xabar tarqatişadi. Bularning orasida ten Hag futbolçi bilan gaplaşib olgani-yu, klublar bonuslar bilan 85 million yevroga «qöl taşaşgani» va hokazolar ingliz klubi muxlislariga umid bersa, Barselonada qandaydir maoşlar böyiça qarzdorlik masalasi kötarilişi boşlanadi. Xöş, bu çigal masala haqida nimalarni biliş kerak?
Frenk de Yong va «Barselona»
2018/19 yilgi mavsumda «Ayaks» Çempionlar ligasida furror kötaradi va «Yuventus», «Real» kabi klublarni ortda qoldirib, turnir yarimfinaligaça yetib boradi. Öşa tarkibda 22 yoşli Frenki de Yong ham asosiy figuralardan biri bölgandi va hatto FIFA ta’sisçiligidagi «Eng yaxşi öyinçi» nominatsiyasida kuçli önlikka kiradi.
Bunday «javohir»ga Yevropa top-klublari navbatda turişi tabiiy edi, ammo «Barselona» ertaroq otni qamçilagan va qişdayoq futbolçi bilan rasman kelişib qöygandi. Yozda uşbu transfer rasman amalga oşadi va Frenki 75 million yevro evaziga «Barselona» futbolçisiga aylanadi.
Frenk de Yong va Erik ten Hag
Frenki de Yong «Ayaks»ga 18 yoşida kelgan va Erediviziyada boşqa murabbiy – Piter Boş qöl ostida debyut qilgan bölsa-da, asosiy tarkib futbolçisi sifatida şakllanişi aynan Erik ten Hag bilan boğliq. 2016/17 yilgi mavsumda Frenki asosiy tarkibda 4 öyinda maydonga tuşgan, xolos. Keyingi mavsumdan jamoani ten Hag boşqaradi va asta-sekinlik bilan futbolçi jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylanadi.
De Yongning «Mançester Yunayted»ga ötişida ten Hag omili muhim ahamiyat kasb etişi şubhasiz. Ikki tomondan ham. De Yong YeÇLda qatnaşmaydigan klubga rozi bölişiga faqat sobiq murabbiyi bilan yana birga işlaş istagi asos bölişi mumkin.
Umuman, Frenki de Yong hozir ham öz ampluasida Yevropaning eng yaxşilaridan biri bölsa-da, faoliyatidagi eng yuqori nuqtaga Erik ten Hag qöl ostida çiqqan. «Barselona»dagi uç yilda futbolçi yuzga yaqin öyinda maydonga tuşgan bölsa-da, jamoaning almaştirib bölmas yetakçisiga aylana olmadi. Buni klubning de Yongga bölgan bugungi munosabatidan ham biliş mumkin. Köp mutaxassislar fikriça, aynan ten Hag futbolçidan maksimal foydalanişni biladi va bu birlaşuv de Yongning yana Yevropaning eng yaxşilaridan biri bölişiga zamin yaratadi.
Mavzuga oid
Öz navbatida, Erik ten Hag Mançesterdagi jamoasini Frenki de Yong atrofida qurmoqçi. Uning fikriça, jamoaga himoya va hujum orasida boğliqlikni ta’minlovçi, öyin tempini nazorat qiluvçi, qisqa qilib aytganda, Frenki de Yong yetişmayapti. Murabbiyga boşqa nomzodlar (masalan, Tilemans) ham tavsiya qilinayotgan bölsa-da, u «A reja»da qat’iy turib olgan va nima qilib bölsa ham, Frenkini olib kelişni söramoqda.
Foto: Getty Images
«Barselona» futbolçini nega sotmoqçi?
Ikki asosiy sabab bor. Biri taktik, ikkinçisi moliyaviy.
Taktik yondaşuvga köra, Frenki amplua böyiça markaziy yarimhimoyaçi, pleymeyker. Uning maydondagi ideal pozitsiyasi 4-3-3 da markazdagi uçlikning pastki qismida, 4-2-3-1 da esa, ikki tayanç yarimhimoyaçilaridan biri sifatida. Ammo ba’zi şartlar bor.
De Yong Kante yoki Kazemiro kabi yaqqol tayanç futbolçisi emas. 4-3-3 da oldingi çiziqdagi yarimhimoyaçilardan biri (Vidal, masalan) himoyalanişda faol bölişi kerak. 4-2-3-1 da esa, tayançdagi şerigi köproq himoyaviy rolda bölişi, de Yong esa, töp nazoratida muhim rol bajarişi lozim. Bu vazifalarni de Yong mukammal tarzda bajara oladi, ammo sezib turganingizdek, «Barselona»da de Yongning ideal öyini uçun şaroit mavjud emas. Çunki Serxio Buskets ismli yana bir futbolçi bor. Tabiiyki, «Barselona» va Xavi sistemasida Buskets ustunroq. Ispaniyalik futbolçi maydonda aynan de Yong yaxşi eplaydigan vazifalarni bajaradi. 4-2-3-1 da Buskets – Frenki juftligi u qadar yaxşi ğoya emas, bu futbolçilar bir-birini töldiriş örniga, xalaqit berişi mumkin. 4-3-3 da Frenkini oldinga qöyişdan ham mantiq yöq – Busketsning yoşi ötib bormoqda, tabiiyki, yarimhimoyada uning şeriklari sifatida ança faol bölgan Pedri-Gavi juftligi foydaliroq körinadi. Kessening kelişi ham bekorga emas, Gavining örniga de Yong emas, himoyalanişda faol bölgan Kesse köproq mos keladi.
Albatta, mavsum katta, jarohatlar bor, heç qaysi murabbiy de Yong kabi futbolçidan ajralgisi kelmaydi. Lekin masalaning moliyaviy tomoni bor. Ispaniyada maoşlar limiti qattiq amal qiladi, ya’ni klub maoşlar uçun daromadga proporsional şaklda ma’lum çegaradagi summani sarflay oladi. Klub oğriqliroq pozitsiyalar uçun Levandovski, Rafinya, Kesse, Kristiansen kabi futbolçilarni olib keldi, katta ehtimol bilan Kunde ham sotib olinadi. Bu esa, şundoq ham çegarada bölgan klub vedomostini qiyin ahvolga solib qöyadi. Kimnidir katta pulga sotib, muammoni hal qiliş kerak.
Agar Pedri, Gavi, Fati kabi tarbiyalanuvçilarni inobatga olmasak, «Barselona» tarkibida yaxşi pulga sotilişi mumkin bölgan aktivlar u qadar köp emas. Pike, Buskets va Albaning yoşi katta, ular faoliyatini tugatiş arafasida bölgan futbolçilar, Depay, Dest kabi futbolçilarga esa, 20 million yevrodan köp taklif qilişmaydi.
Bunday şaroitda katta pulga sotib, butun muammolarni birdaniga hal qiliş imkoniyati – de Yong. Naqd xaridor bor, yuqorida aytganimizdek, futbolçi maydonda yaqqol pozitsiyaga ega emas. Xavi ham, har qança futbolçini yuqori baholamasin, Levandovski kabi ijroçilarning kelişiga aynan de Yongning ehtimoliy transferi yöl oçganini yaxşi tuşunadi. Ammo...
Maoş böyiça ziddiyat qayerdan kelib çiqdi?
Futbolçi «Barselona» bilan 2025 yilgaça şartnoma imzolagan va klub har yil uçun 14 million yevro maoş tölaşi lozim edi. Ammo oraga pandemiya inqirozi tuşadi va klublar salkam bir yarim yil tomoşabinlarsiz öynaşlariga töğri keldi. «Matçdey» daromadlarisiz klub qiyin ahvolga tuşib qoldi va bir qator yetakçi futbolçilarning maoşini qisqartirgandi. Lekin bu şunçaki, maoşning yarmidan keçib yuboriş emas, keyingi yillarda qöşib tölaş şarti bilan amalga oşgan.
Xullas, de Yong 2020/21 yilgi mavsum uçun 3 million yevro, 2021/22 yilgi mavsum uçun 6 million yevro maoş oladi va örtada ikki yil uçun 19 million yevrolik farq yuzaga keladi. Kelişuvga köra, klub bu pullarni şartnomadagi sönggi ikki yilda (2023/24, 2024/25) maoşga qöşib, tölab berişi közda tutilgan.
Ana endi, agar klub futbolçini sotib yuboradigan bölsa, öşa ötgan yillardan qolgan maoşlar nima böladi? Klub 2 yildan keyin tölaşi kerak bölgan maoşni jaraqlatib sanab berişga tayyormi? Yoki de Yong «Yunayted»da öynaş uçun 19 million yevrodan keçib ketişi kerakmi? Silliq keçayotgan transfer jarayonini mana şu savollar töxtatib qöydi.
«Barselona» futbolçini sotmoqçimi özi?
Bir oyça oldin Xuan Laporta «De Yong özimizga kerak, sotilmaydi» deganida boşqa ssenariy uçun yiğilgan tomoşabinlar şok holatga tuşib qolişgandi. Albatta, bu şunçaki, narx oşiriş siyosati ekani ma’lum böldi va «Yunayted» taklifni 15 million yevroga kötargaç, tomonlar kelişib olişdi. Şunda ham transfer çözila boşlagani kutilmagan hol edi, zero öşa 15 million yevro bekorga qöşilmagani, bu summa bilan «Barselona» Frenki oldidagi eski qarzlarini yopişi közda tutilgani taxmin qilinayotgandi. Ammo futbolçi ham, uning agenti ham «Barselona»dan ketişga qarşi bölib oldi. Tabiiyki, buning sababini tuşuniş oson – klub haliyam 19 million yevroni tölab bermoqçi emas.
Klublar mavsumoldi yiğinlarini boşladi va de Yong AQŞga borib, «Barselona» tarkibiga qöşildi. «Inter Mayami», «Real», «Yuventus»ga qarşi öyinlarda bir bölimdan harakat qildi ham. Ammo markaziy himoyaçi sifatida.
«De Yongni juda qadrlayman. Aynan markaziy himoyaçi sifatida u bizga kerak böladi. Ammo bir qator moliyaviy muammolar borki, istagimizga qarşi ularni ham hal qilişimiz kerak», – dedi «Inter Mayami»ga qarşi öyindan keyin Xavi. Boşqa manbalarga köra, klub de Yongga jamoada qolişi mumkinligi, ammo maoşni ikki barobar qisqartirişga rozi bölişi kerakligini aytgan.
Markaziy himoyaçi? Axir, Pike bor, Garsiya bor, katta summaga Kunde olib kelinişi arafasida-ku? Moliyaviy muammolar? Maoşni qisqartiriş? «Ket» deb qöya qol, töğrimi? Tabiiyki, «Barselona» oçiq «ket» deya olmaydi, u holda de Yongni köndiriş uçun eski qarzlar böyiça talabini qondirişi kerak. Göyoki «Barselona» şunday pozitsiyani egallaganki, avval de Yong birinçi bölib, markaziy himoyada öynamoqçi emasligini yoki asosiy tarkibda köproq maydonga tuşiş uçun boşqa klubga transfer qilinişini söraşi kerak. Ana öşanda, «Barselona» öz şartlarini qöyişni boşlaydi va futbolçidan öşa 19 millionning qançadir qismidan voz keçişni söraşi mumkin.
Umuman, klubning bugungi holati özi qarzdor bölib turib, qimmatbaho xaridlar qilib yuradigan odamlarni eslatayotgandek. Klub nafaqat de Yong, boşqa futbolçilarning ham maoşini qisqartirgan, Dembele kamroq maoşga qayta şartnoma imzoladi, Obameyang ötgan mavsumda deyarli maoşsiz öynadi. Ammo şu olti oyda Ferran Torres, Levandovski, Rafinya va Kunde transferlari uçun 200 millionga yaqin pul sarflanmoqda. Qiziq.
Ba’zi xabarlarda futbolçi aslida boşqa jamoaga ötişga qarşi emasligi, şunçaki, «MYu»ning YeÇLda qatnaşa olmasligi tösiq bölayotgani ham takrorlanmoqda. Bu orada «Çelsi» va «Bavariya» klublari ham tilga olinmoqda va agar transfer öşa jamoalarga bölsa, de Yong hoziroq ketişga qarşi emasdek.
Ammo mantiqan olganda, bu xabarlarda asos yöq. Çunki, agar de Yong qat’iy ravişda «MYu»ni rad etganida, ingliz klubi ikki oydan beri uşbu transferni kutib ötirmasdi. Kelişni istamayotgan futbolçi uçun 85 million yevro taklif berilmaydi. Klub allaqaçon boşqa variantlar uçun harakatni boşlab yuborgan bölardi. Ma’lum bölişiça, ten Hag «MYu» rahbariyatidan oxirigaça borişni va imkoniyat bor ekan, transfer oynasining sönggi kunigaça harakat qilişni talab qilgan. Agar murabbiy şu paytgaça sobiq şogirdi bilan özaro muloqotda kelişib qöymaganida, bunday talab qöyilmasdi.
Öz navbatida, «Çelsi» yoki «Bavariya» kabi klublar, agar rostdanam de Yong uçun YeÇL asosiy prioritet ekanini aniq bilişganda, kutuvçi pozitsiyada bölişmasdi va ayniqsa, transfer bozorida tinmay omadsizlikka uçrayotgan «Çelsi» faolroq harakatni boşlab yuborardi.
Vaziyat qanday yakunlanadi?
Albatta, «Barselona» Frenkini sotmasdan turib ham yaşay oladi. Klub keyingi 25 yillik translatsiyadan huquqining bir qismini oldindan boşqa kompaniyaga sotdi va birdaniga katta summa daromad qildi. Ammo yuqorida aytganimizdek, maydondagi örni u qadar ahamiyatli bölmagan futbolçi uçun katta pul oliş imkoniyati keyin bölmasligi mumkin.
Yana bir e’tiborli jihat, Frenki de Yong baribir spetsifik futbolçi va ma’lum şartlar va şaroitlar ostida öta foydali bölişi mumkin. «Ayaks»da öşanda porlagan deyarli barça futbolçilar, de Yongdan taşqari, de Ligt, Van de Bek, Ziyoş ham keyinçalik öşa darajaga çiqa olmayotganliklarini misol qilsa böladi. Aytmoqçimanki, de Yong uçun katta pul bera oladigan klublar doim ham bölavermaydi. Ten Hagning Mançesterga kelgani va futbolçi uçun yaxşi şaroit paydo bölgani aynan hozir qöl kelyapti, balkim, «MYu» boşqa futbolçi bilan masalani yopsa, de Yongni aytilgan narxga sotiş qiyinlaşib qoladi.
Futbolçining agenti Ali Dursun Frenki uçun yangi klub tayyor ekanini, ammo birinçi navbatda «Barselona» qarzlarini tölaşi lozimligini aytdi. Demak, de Yong Angliyaga borişga tayyor lekin, 19 million yevro tölanişi kerak.
Öz navbatida, Niderlandiya futbolçilari kasaba uyuşmasi raisi Yevgeniy Levçenko ham Frenki bilan boğliq holatga munosabat bildirdi: «Bu tentaklik. «Barselona» futbolçidan maoşni kamaytirişni söramasligi, mas’uliyatni böyniga olişi şart», dedi u. Vaziyatga IFA (Ispaniya futbolçilar assotsiatsiyasi) prezidenti David Aganso ham aralaşgani xabar berilmoqda.
Vaziyat kattalaşsa, masalaning yeçilişi tezlaşişi mumkin. Bu yerda klub tomonidan vazifalarning bajarilmasligi asos qilinib, şartnoma bekor qilinişi, tabiiyki, mumkin emas. Çunki 19 million yevro eski qarzdorlik bölsa-da, 2024 yildan boşlab tölanişi kerakligi böyiça kelişuv bor. Ya’ni bu summa qarzdorlik sifatida klassifikatsiya qilinmaydi. Ammo köp taşkilot va şaxslarning aralaşuvi klubning nufuziga ham ta’sir qilişi mumkinligi hisobga olinsa, «Barselona» qandaydir yon bosişi ehtimoli bor.
«Barselona» 19 million yevroni darhol berişiga işoniş qiyin. Lekin muzokaralar yordamida, kamroq summaga har ikki tomon ham rozi bölişi mumkin. De Yong oradagi farqni «Mançester Yunayted» bilan kelişuvda maoşini biroz oşirib töldiradimi yoki transfer narxiga yana 4-5 million yevro qöşilib, şu yordamida qarzdorlik yopiladimi, u tomoni endi maydaroq masalalar.