Körişga yurak betlamaydigan qiynoqlar

Jonivorlarga zöravonlik aks etgan videolar yaqindan boşlab ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan bölsa-da, köpçilik ularga ozor beriş holatlariga bolaligidayoq guvoh bölgan. Qiynoqlar tasviri tarqalgandan sönggina, jamoatçilik bu masalaga e’tibor qaratişni boşlayapti. Jonivorlarga zöravonlikka oid holatlarning öndan ortiği ötgan bir yilning özida kuzatilgan.

Sodir etiş tugul, qaraşga yurak betlamaydigan tasvirlardan biri 2021 yilning iyun oyida Namanganda 9-13 yoşli öquvçilar tomonidan sodir etilgandi. Öşanda bolalar itni daraxtga olib çiqib, arqonni şoxga boğlab, unga itni ilib qöyişgan. It tipirçilab, arqondan çiqolmay jon bergan.

Yana bir holat 2021 yil noyabr oyida Toşkentning Yaşnobod tumanida yuz bergan. Unda 20 yoşli yigit 5 muşukni uşlab, ularni pod’yezdga olib kirib qiynagan. 40 daqiqa davomida azoblangan muşuklardan biri jon bergan.

2022 yilning özida yuz bergan yana ikki holat dilni juda xira qiladi. Qaşqadaryo viloyatining Kitob tumanida olingan videoda ikki erkak eşaklarni falaj qiliş, yiqitiş uçun ularning böyin va boşiga xoda bilan tinimsiz urgan, eşaklardan biri karaxt holda yerga yiqilgan. Kadrda jonivorlarga nisbatan bölayotgan şafqatsiz munosabatni voyaga yetmagan yoş bola kuzatib turgani ham aks etgan.

Jizzaxda yuz bergan yana bir holat esa vahşiylikning eng yuqori darajasi bölsa kerak. Unda Zafarobod tumani «Çimqörğon» QFYda joylaşgan «Xuaxin» sement zavodi işçisi kiyimidagi şaxs kuçuk bolasini tiriklayin kuydirayotgani aks etgan. Yana ham açinarlisi, yoşlar orasida jonivorlarni qiynab, uni Tik Tok’dagi sahifasiga qöyib, şu yöl bilan pul işlaydigan qatlam ham paydo bölişni boşlagan.

Yuqoridagi kabi himoyasiz hayvonlarni azoblagan fuqarolarga u yoki bu darajada jarima, jazo berilgan. Lekin jarimalar bunday holatlarning qayta sodir bölmasligi uçun yetarlimi?