Jizzaxda itni tiriklayin kuydirgan Xitoy fuqarosiga chora ko‘rildi
Huquqbuzarga MJtKning 111-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgani tufayli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Foto: Jizzax viloyati IIB axborot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxdagi sement zavodining maxsus kiyimini kiyib olgan shaxs tomonidan itlar tiriklayin kuydirilayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Hodisa yuzasidan Jizzax viloyati IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Unda yozilishicha, Zafarobod tumani IIB xodimlari tomonidan xabar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganda, itni tiriklayin kuydirgan shaxs Xitoyda tug‘ilgan, Zafarobod tumani “Chimqo‘rg‘on” QFYda joylashgan “Xuaxin” o‘zbek-xitoy qo‘shma korxonasida mexanizator bo‘lib ishlovchi Man Ming ekanligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Zafarobod tuman IIB hodimlari tomonidan hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan Man Mingga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasida (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgani tufayli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Avvalroq, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida joylashgan sement zavodida xitoylik ishchilar eshak so‘yib iste’mol qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Tuman hokimligi axborot xizmati hodisa Kitob tumanida sodir bo‘lmaganini bildirgandi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina uchinchi F-16 qiruvchi samolyotidan ayrildi
Jahon | 00:06
-
16 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31 / 16.05.2025
-
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
O‘zbekiston | 22:26 / 16.05.2025
-
Yozuvchi Salom Rushdiyga hujum qilgan shaxs 25 yilga qamaldi
Jahon | 21:35 / 16.05.2025
Mavzuga oid

09:27 / 15.05.2025
Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

21:08 / 09.05.2025
Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketdi

07:35 / 26.04.2025
Jizzaxda 40 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

08:35 / 25.04.2025