Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: RF sanksiyalarni chetlab o‘tib, Ukrainadagi urush uchun Suriyadan qurol olib chiqqan
Suriyadan Rossiyaga harbiy texnika iyul oyida Sparta II savdo kemasida olib chiqib ketilgan, deb yozadi Bloomberg. Turkiya bu kemadagi yuklarni nazorat qilmagan.
Rossiya iyul oyida AQSh sanksiyasi ostidagi Sparta II savdo kemasida Suriyadan qurol-yarog‘ va harbiy texnika olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Shu tariqa, Moskva Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshida Turkiya tomonidan joriy etilgan harbiy kemalarning Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlari orqali harakatlanishiga qo‘yilgan taqiqni chetlab o‘tgan, deb xabar berdi Bloomberg 9 avgust, seshanba kuni Yevropa razvedka xizmatlari va tahririyat ixtiyorida bo‘lgan sun’iy yo‘ldosh suratlariga tayanib.
Xabar qilinishicha, harbiy texnikalarni olib o‘tgani deyarli aniq bo‘lgan kema Suriyaning Rossiya ishlatayotgan Tartus portidan chiqib, Novorossiysk portiga yetib kelgan. Ayni paytda, NATO a’zosi bo‘lgan Turkiya uning yukini tekshirmagan.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Sparta II RF Mudofaa vazirligi nazoratidagi «Oboronlogistika» kompaniyasiga tegishli bo‘lib, u AQSh sanksiyalari ostida. Agentlikning qayd etishicha, bu kema o‘tmishda Rossiyadan Suriyaga harbiy texnika olib o‘tish uchun bir necha bor ishlatilgan.
Ukraina G‘arbdan ko‘p milliard dollarlik qurol olgan bo‘lsa-da, Rossiya o‘z ehtiyojlarini mustaqil ta’minlashi kerak, deb eslatadi Bloomberg. Yarim yildan beri davom etayotgan Ukraina bilan urushda RF QK, AQSh ma’lumotiga ko‘ra, o‘n minglab askarlar, shuningdek, bir necha ming harbiy texnikani yo‘qotdi.
Mavzuga oid
10:50 / 14.07.2026
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
20:44 / 13.07.2026
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
16:29 / 13.07.2026