Buxoro viloyati IIB axborot xizmatiga köra, holat hodisa sodir bölgan vaqtning özidayoq Buxoro şahar içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasida tegişli tartibda qayddan ötkazilgan. Voqea sodir bölgan joy, vaqt va iştirokçilarning şaxsiga aniqlik kiritilgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov natijalari yuzasidan qöşimça axborot berilişi ma’lum qilingan.

Sönggi vaqtlarda mahalliy sportçilar bilan boğliq ketma-ket noxuş voqealar röy berdi.

  • 2021 yil avgustda Qarşi şahrida sport murabbiyi Elbek Rahimovni bir guruh şaxslar odamlar köz öngida kaltaklab, maşinaga solib olib ketişgan, keyinroq murabbiyning jasadi Çiroqçi tumanidan topilgandi. Sud jami 26 nafar şaxs ustidan hukm öqigan.
  • Ötgan yil sentabrda qaşqadaryolik yana bir taniqli sportçi Kamoliddin Rasulov Toşkentda tanişi tomonidan bir neça joyidan piçoqlangan, olgan jarohatlari natijasida vafot etgandi. Qotil 15 yilga qamalgan.
  • Ötgan oyda Qaşqadaryoda 23 yoşli sportçining jasadi Qarşi magistral kanalidan topildi. Marhumning yaqinlari Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bu tabiiy ölim bölganiga işonmayotganini aytgan.