Bolam oqqon deyishga ham qo‘rqdim
3 yoshli Sardorbek oqqondan aziyat chekyapti. Dehqonchilik orqasidan kun ko‘radigan namanganlik oila uchun bu kasalning dahshati ham yo‘qchilikda, ham jonidan aziz farzandining azoblarida sezilyapti.
“Bu kunlar boshimizga tushadi deb o‘ylamagandim. O‘g‘limdan ayrilishdan qattiq qo‘rqdim. Bolamning kasalligini uydagilarga, otasiga aytolmay qiynaldim.
Hozir hamma narsamizni sotib uni davolatyapmiz, tuzalishi uchun qo‘limizdan nima kelsa qilyapmiz”, - deydi bolaning onasi Hilola.

Sardorbek Ro‘zimovga oid ma’lumotlar:
O‘zkard: 6262 5701 7843 6806 qarindoshi O‘tkir Esonboyev nomida
Humo: 9860 6004 3600 1595 onasi Hilola Yodgorova nomida
Manzil: Namangan viloyati, Chust tumani, “G‘ova” QFY.
Ayrim bolalarni kasal bo‘lgani uchun otalari tashlab ham ketishadi...
Uch farzand o‘stirayotgan bu oilaning bir o‘g‘li bir yildan beri oqqondan davolanadi. Toshkentda ijarada turib davolanish uchun imkon yo‘qligidan oila bekasi Dilbar opa bemor o‘g‘li bilan viloyatdan qatnab muolaja olishga majbur bo‘lishmoqda.
“Turmush o‘rtog‘im oddiy ishchi, 2 mln so‘m oylik oladi. Bolamdan xavotir olib tinimsiz telefon qiladi, imkon qadar dori-darmonlarni yetkazishga harakat qiladi. Shunisiga ham shukur qilaman, chunki kasalxonada yotgan ba’zi kasal bolalarning otalari tashlab ketganini ham ko‘rdim”, - yelkasidagi yukni bo‘lishayotgan turmush o‘rtog‘ini alqaydi ayol. Bu yerga qatnash, davolanish uchun uyidagi sigir-buzog‘ini sotib xarjlayotganini aytadi.

Javohir Aliqulovga oid ma’lumotlar:
O‘zkard: 8600 0609 8746 4865 onasi Dilbar Qarshiyeva nomida
Manzil: Sirdaryo viloyati, Sayhunobod tumani, Nurli yo‘l mahallasi, Niyozboshi ko‘chasi 21 uy.











