Qayd etilishicha, tonggi soat 05:55 da 11-sonli harakat tarkibi 2-yo‘nalish bo‘ylab «Xalqlar do‘stligi» bekatiga kirib kelgan.
Bildirilishicha, kontakt relsida kuchlanishning pasayishi oqibatida mashinist yo‘riqnomaga asosan poyezdni harakatdan to‘xtatgan.
Energiya tizimi tomonidan zaxira qurilmalari orqali kontakt relsiga yuqori kuchlanish berilgan va harakat tarkibi harakatlanishda davom etgan.
Ma’lum qilinishicha, hozirda poyezdlar harakati doimiy jadval asosida davom etmoqda.











