Tergov va sudlarda şunday işlar böladiki, uni körgan har qanday şaxs qonunlarni buziş va adolatsizlik bölganini heç bir qiyinçiliksiz tuşunib oladi. Buning uçun albatta sudya böliş şart emas.
Kun.uz sayti Toşkent tuman IIB xodimlari va jinoyat sudi sudyalarining ana şunday “buyurtma” işlari haqida maqola e’lon qilgandi.
Oliy sud Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi (boşliği Aziz Obidov) uşbu maqolaga munosabat bildirar ekan, jurnalistni noxolislik va malakasizlikda ayblaydi.
Bu ham yetmaganday, tanqid qilingan iş böyiça hukm töğri ekanini ta’kidlab(?!), beixtiyor uni çiqargan sudyalarga dalda böldi.
“Sudlanuvçining aybi uning aybiga qisman iqrorlik bildirib bergan körsatuvlaridan taşqari, sud majlisida söroq qilingan guvohlar, qöşimça guvohlarning tuşuntirişlari, jinoyat işi yuzasidan töplangan hujjatlar hamda boşqa obektiv dalillar yiğindisi bilan töliq tasdiğini topgan”, deb yozadi Aziz Obidov rahbarlik qiladigan boşqarma.
Jurnalist şaxsga berilgan jazo haqida fikr bildirar ekan, bunga jamoatçilik vakili sifatida haqqi bor. Ammo qonuniyligiga faqat yuqori instansiya sudidagina baho berilişi mumkin bölgan hujjatni “qonuniy” deyişga Aziz Obidovda qanday huquq bor? Oliy sudning (A.Obidov timsolida) hali apellyatsiya instansiyasida körilayotgan işlarni hozirdanoq “qonuniyligi” haqida bong urişi uşbu bosqiç sudyalariga qöşimça dalda bölmaydimi? Oliy sudning özidan dalda bölib turar ekan, quyi sud sudyalari özlarini yiğiştirib olarmidi?
Albatta, jurnalist – birinçi navbatda ijodkor. U – sudya emas, sovuq ohang ufurib turgan matnlarga hissiz, ammo yurakni öyib taşlaydigan sözlarni ketma-ket tirkamaydi. Jurnalist matnlarida emotsiya biroz börtişi tabiiy, ayniqsa, bir inson taqdiri “plan” ortidan quvadigan mas’uliyatsiz tergovçilar-u ularning yöriğidan çiqmayotgan ayrim sudyalarning panja(ra) ortidagi nigohlari bilan azoblar va adolatsizliklarga mahkum etilayotgan bölsa.
Obidov qalamkaş noxolislik va hissiyotlarga berilgan holda “xolis va adolatli sudyalarga taşlanayotgani”ni iddao qilgan. Agar sud tizimimiz, sudyalarimiz u himoya va iddao qilayotganidek xolis va adolatli bölganida prezident Mirziyoyev 2026 yilgaça amalga oşirilişi şart, deya sanagan boş islohotlar röyxatining ikkinçi poğonasida turmagan bölar edi.











