Botir Erkinoviç Zohidov Şayxontohur tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Botir Zohidov 1982 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 2003 yil Toşkent moliya institutini, 2008 yil Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
Zohidov 20 yil davomida bank tizimida işlagan. Markaziy bankda valuta ayirboşlaş va konversion operatsiyalar maxsus boşqarmasi boşliği bölgan. 2017 yil avgustida Markaziy bank raisi örinbosari lavozimiga tayinlangandi. 2020 yildan buyon MB raisining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.
Şayxontohur tumaniga 2019 yil mayidan buyon Abduqahhor Töxtayev hokimlik qilib kelayotgandi.

Abduqahhor Töxtayev 2005-2011 yillarda Toşkent şahri hokimi bölgan, 2013—2016 yillarda «ÖzLITIneftgaz» kompaniyasi rahbari örinbosari sifatida faoliyat olib borgan. 2016 yil kuzida Jizzax şahri hokimi, 2017 yilning aprelida Toşkent şahrining Olmazor tumani hokimi etib tayinlangandi. 2018 yilning aprelida esa Abduqahhor Töxtayev yangi taşkil etilgan Quriliş vazirligiga rahbar bölgandi. U bu lavozimda 2019 yil mayigaça qolgan va keyin Şayxontohur tumani rahbarligiga ötkazilgandi.
Bundan oldinroq iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan Saidqahhor Xolxöjayev Toşkent şahridagi boşqa bir tuman - Çilonzor tumaniga hokim etib tayinlangandi.












