Beş mamlakat fuqarolari bölgan ön nafar köngilli ozod qilingani haqida çorşanba kuni Saudiya Arabistoni taşqi işlar vazirligi e’lon qildi, gap Marokaş, AQŞ, Britaniya, Şvetsiya va Xorvatiya fuqarolari haqida ketayotgani aytildi, ammo xabarda ularning şaxsiga aniqlik kiritilmadi.
Vazirlik bayonotida xorijlik köngillilar valiahd şahzoda Muhammad ibn Salmon vositaçiligida Ukraina va Rossiya örtasidagi harbiy asirlar almaşinuvi doirasida amalga oşirilgani ma’lum qilingan.
Keyinroq, Ukraina rahbariyati ukrainalik harbiy asirlarning katta guruhi ozod qilingani, ular orasida «Azovstal» mudofaasida iştirok etgan qömondonlar ham borligini e’lon qilganida kimlar kimlarga almaştirilgani ayon böldi.

AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken va Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermakning bayonotlaridan ma’lum bölişiça, xorijlik yollanma jangçilar 55 nafar rossiyalik harbiy asir va Putinning yaqin odami Viktor Medvedçukka almaştirilgan. Bu kelişuv doirasida yana 200 nafar ukrainalik harbiy va «Azovstal»ni mudofaa qilgan «Azov» polkining beş nafar qömondoni ham asirlikdan qaytgan.
Britaniya soğliqni saqlaş vaziri Robert Jyenrik ozod qilingan britaniyaliklardan birining şaxsini oşkor qildi - Eyden Aslin.
«Men özimning saylov okrugimda istiqomat qilgan Eyden Aslin va Rossiya hukumati tutib turgan boşqa britaniyalik harbiy asirlar nihoyat ozodlikka çiqqani va Britaniyaga qaytayotganidan mamnunman» deb yozdi vazir.
Qolganlarning nomlari rasman e’lon qilinmagan, ammo «DXR»da bu asirlarning sud jarayoni sahnalaştirilganidan kelib çiqib, BBC va boşqa naşrlar katta ehtimol bilan gap Şon Pinner, Jon Harding, Endryu Hill va Dilan Hili haqida ketayotganini yozmoqda.
Mariupolda asir tuşgan yana bir britaniyalik namoyiş etildi
«DXR»da yana ikki britaniyalik asirni sud qilişmoqçi. Ular haqida nimalar ma’lum?
Iyun oyida Eyden Aslin va Şon Pinner bilan birgalikda marokaşlik Saadun Ibrohim ölimga hukm qilingandi. Marokaşlik asir ham ayni vaqtda Saudiya Arabistonida bölib turibdi.














