Tonirovka

Bu masala ham juda uzoq “çaynaldi”. Qiziq jihati – ma’lum onlarda hatto UzAuto Motors monopoliyasidan ham köproq muhokama qilindi. Avtomobili borlar ham, yöqlar ham şu qadar norozilik bildirişdiki, “baxt mezoni qoraytirilgan oynada” deb öylab qoliş darajasiga yetildi.

Va nihoyat bu yerda ham muammo prezident darajasiga olib çiqildi va bir kunda, bir daqiqada yeçim topdi. 1 iyuldan avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytiriş bepul böldi, old va orqa yon oynalarni töliq qoraytiriş tölovlari 6 barobargaça arzonlaştirildi. Öşa kunlari bir ajiotaj bölgani rost. Ammo hozirga kelib tonirovka qiliş ham, unga qiziqiş ham ança susaygan. Aslini olganda öşa taqiqlar va qimmat narxlargina katta e’tiborni jalb qilib turgani ayon bölmoqda.

Maktab formasi

Har mavsumda takror böladigan bu muammo aslida tugal yeçilmagan. Şunçaki tiş oğriği qoldirildi, davolanmadi. Çunki maktab formasi böyiça qaror amalda, unga köra römol masalasi oçiq turibdi. Har bir maktab rahbari vaqti kelsa antiqahramonga aylanib qolişi mumkin.

Maktab formasi, ayniqsa römol yoz böyi muhokama markazida böldi va maktablar oçilişi oldidan yeçim topildi. Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov milliy qadriyatlardan kelib çiqib, öquvçi-qizlarning maktabga oçiq rangdagi milliy römolni boşning orqa tomonidan öragan holda kelişi man etilmasligini bildirdi. Ammo tez orada bu bayonot hukumat qaroriga zidligi esga olindi.

Yana vazirning özi bu masala ham yeçilişini ma’lum qildi va joriy yil 8 avgust kuni hukumat qaroriga tegişli özgarişlar albatta kiritilişi, bu faqat vaqt masalasi ekanini aytdi.

Ekologik faollik

Bu köproq global muammoning lokal körinişlariga jamoatçilikning keskin reaksiyasi bilan namoyon bölmoqda. Daraxtlar kesilişi, ularga zarar yetkazilişi hamon katta masştablarda davom etayotgan bölsa-da, holatlarga aholi noroziligi aks etişi, buning ortida turli çoralar körilişi ham köp közga taşlanyapti.