9-sinfni bitirib tibbiyot akademiyasiga grantga kirgan, biroq öqişga qabul qilinmagan 16 yoşli qiz hikoyasi
|17:02 / 27.09.202297 85511 min
Örta maktabning 11 sinfi yoki akademik litseyni bitirmasdan DTM imtihoniga qatnaşiş mumkin emas. Ammo qiziği, DTM bazasi 16 yoşli Nafisaning 9-sinf şahodatnomasini qabul qilgan va u Toşkent tibbiyot akademiyasiga davlat granti asosida öqişga kirgan.
Nafisa Ravşanova Kun.uz’ga imkonsizdek köringan işlar qançalik imkonli ekani, neyroxirurgiya va genetikaga oid orzulari va qisqa muddatda balli eng yuqori «yuradigan» tibbiyot oliygohiga kiriş yöli haqida sözlab berdi.
Nafisa Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida tuğilgan. 2021/22 öquv yilida 9-sinfni tamomlagan. 8-sinfdan beri repetitorga boradi, hozir ham öqişni davom ettirmoqda.
Nafisa Ravşanovaning şaxsy arxividan
«Ayni paytda Toşkent pediatriya tibbiyot instituti qoşidagi akademiy litseyning 1-bosqiç talabasiman. Ötgan yili 8-sinfni bitirgan paytim men bilan repetitorga boradigan öquvçi öqişga topşirib kördi, özini sinaş uçun. Kontrakt asosida kirgandi, ammo öqimadi. Öşanda men ham havas qilib, 9-sinfni bitirib öqişga topşirişga harakat qilib köraman, deb öylaganman.
Şu yil 26 avgustida 16 yoşga tölib, ID karta olişim kerak edi. Ammo men ota-onamga öqişga topşirişimni aytib, ID kartani ertaroq, 25 aprelda oldim. 9-sinfni bitirganimda şahodatnomani tuğilganligim haqidagi guvohnoma bilan emas, balki ID karta ma’lumotlarim bilan berişdi. Iyulda öqişga onlayn hujjat topşirişda ID karta ma’lumotlarimni kiritdim.
«Attestatingiz ma’lumotini kiriting» degan joyiga ID karta ma’lumotlarimni kiritişim hamono şahodatnomamning ma’lumotlari ham çiqdi. Davom etib ketaverdim. 5ta tibbiyot OTMni tanladim — birinçisi Toşkent tibbiyot akademiyasining davolaş işi yönalişi edi. Özim Tibbiyot akademiyasida öqişni orzu qilganim uçun şu universitetni belgiladim.
Baza menga xato raqam kiritilgan yoki şahodatnoma maqbul emas demasdan, hujjatlarimni qabul qildi. Onlayn hujjat topşiriş men uçun yaxşi böldiki, agar hujjatlar oflayn olinganda meni 9-sinf şahodatnomasi bilan qabul qilişmasligi aniq edi. Imtihon kunlari e’lon qilindi, menga testga kiriş uçun ruxsatnoma ham berildi.
Töğri, bu iş qonunan töğri emasdi, ammo baza mukammal bölişi, 9-sinf şahodatnomasini qabul qilmasligi kerak edi-ku?! Demak, imkoniyat bor ekan, dedim va yölimda davom etdim.
«178,4 ball bilan grantga öqişga kirdim»
9 avgust kuni imtihonga kirib, ikkita asosiy — kimyo va biologiya hamda 3ta majburiy fandan imtihon topşirdim. Imtihonning ertasiga test javobi çiqdi, 178,4 ball töplagan ekanman. Ammo mandat çiqqandan keyin kirgan yoki kirmaganim aniq böladi. Umid qilib kutdim.
Mavzuga oid
Mandat 27 avgust kuni çiqdi — Toşkent tibbiyot akademiyasining davolaş işi yönalişiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etildingiz, degan SMS keldi. Judayam xursand bölib ketdim. Çunki kirişimga boşida heç işonmagandim. Birinçi urinişimda özim niyat qilgan öqişimga kirdim. Bu imkoniyatdan foydalaniş kerak, deb hisobladim va menga imkoniyat yöq ekan, deb ketgim kelmadi.
«Ammo tibbiyot akademiyasi meni qabul qilmadi»
Agar öqişga qabul qilişmasa, litseydan ham quruq qolib ketmay deb, 31 avgustda litseyga hujjat topşiriş uçun Toşkentga keldik — dadam, opam va men. Birinçi universitetga bordik va bizga aytişdiki, 11-sinf attestati bölmasa qabul qilinmaydi, attestatsiz oliy ta’lim diplomi berilmaydi. Yaxşi tuşunça berib yuborişdi. Şundan keyin litseyga borib hujjatlarimni topşirib keldim.
Şu yil 5 sentabrgaça bayram tufayli dam oliş kunlari tugagaç, şu kundan boşlab harakatni boşladik — prezidentga murojaatnoma, Oliy Majlis Senati va Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toşqulovga xat yozdik. Murojaatning asosiy sababi — öqişga ruxsat beriş edi.
9-sinfni bitirgan bölsam ham, taxmin bilan kirib ketmadim, bu natijamning orqasida 2 yillik olgan bilimlarim yotibdi. Özim öqib tayyorlanganman, axir.
Agar statistikaga qaraydigan bölsak, 50 foizdan köproq abituriyent ötiş ballini ham yiğa olmadi. Ular ham 11 yillik ta’limni yoki örta maxsus ta’limni öqigan-ku?! Agar şu 11 yil öqiş nimanidir hal qilsa, biz statistikada buning isbotini körgan bölardik.
Hozir imkoniyat berişlarini söragan bölardim, şu 2 yilimni til örganişga sarflagan bölarmidim… Baribir litseyga öqişga boryapman, çunki öqişga topşiriş vaqti kelgunça bilganlarimni esdan çiqarişni xohlamayman.
«Ustozlarim bilan kitob çiqardik, men masala tuzdim»
9-sinfda biologiyadan şahar bosqiçida birinçi örinni, viloyat bosqiçda 2-örinni egallaganman. Ötgan yili biologiya ustozim bilan birga «Molekulyar biologiya va bioenergetikadan masalalar töplami» nomli abituriyentlar va öqituvçilar uçun töplamni naşrdan çiqardik. Mening asosiy vazifam — masala tuziş bölgan. Bazasini ustozim şakllantirib berganlar. Kitobni ustozimning şogirdi boşlab qöygan edi, ma’lum sabablarga köra, ular Toşkentga ketganlar va men kitobning qolgan qismini tugatib qöyganman.
Nafisa va ustozlari birgalikda tuzgan töplam.
Özbekistonda kam tarqalgan va unçalik taniqli bölmagan yönaliş — neyroxirurgiyani tanlaganman. Maqsadim şu sohani rivojlantiriş, şunçaki şifokor bölişdan köra, tanlagan yönalişim böyiça ilm bilan şuğullanişni xohlayman.
Neyroxirurgiya böyiça şifokor böliş oson emas, çunki miyadagi ösimtalar yoki nerv sistemasi bilan boğliq kasalliklarni davolaş ança yuqori bilim, kuç va mas’uliyatni talab qiladi. Siz köp öqişingiz va öz ustingizda işlaşingiz kerak böladi. Fanda yangiliklar yaratiş niyatim bor. Bitta yönalişda qotib qolmasdan, tezroq neyroxirurgiyaga oid bilimlarimni oşirgaç, bioinjineriya va genetika borasida ham ilmiy işlar qiliş niyatim bor.
Ammo buning uçun çet elda öqib kelişim kerak, deb öylayman. Çunki Özbekistonda bu yönalişlar unçalik rivojlanmagan. Mavjud bölsa ham XX asrdagi yutuqlar haqida gapiriladi. Ammo men sönggi yillarda erişilgan yutuqlar joriy etilganini deyarli körmadim.
Har kim muvaffaqiyatga erişganda, unda yolğiz özining hissasi bölmaydi. Avvalo, Allohdan minnatdorman — meni tuşungan, qöllagan, «qiz bola öqişi şart emas», degan stereotiplardan taşqarida fikrlaydigan ziyoli ota-onani bergani uçun. Biror marta mana şu kasbni tanlaysan, deb aytmaganlar.
Tanlovni özimizga qoldirganlari va tanlagan sohamizni sevib öqiganimiz uçun natijaga erişganmiz. Opamga ham çegaralar qöyilmagan, u ham özi xohlagan yönalişni tanlab moliya institutiga öqişga kirgan.
Har qanday moddiy va ma’naviy qöllovni ota-onamdan olganman. Biz ota-onamizning aksimiz, bizga bergan tarbiyasining aksimiz.
Oilada 3 nafar qizmiz — heç qaçon qiz bola bölganimiz uçun öqişimiz şart emasligi haqida gap bölmagan yoki öqişimizga yengil qaralmagan. Oilamizda farzand qiz yoki yigitga ajratilmaydi, ota-onam bizga inson nuqtayi nazaridan gapiradi. Ya’ni qiz bola unday, öğil bola bunday bölişi kerak degan tuşunçalarga köra ajratib körsatmaydilar. Bu xislatlarini, menga bergan tarbiyalarini qattiq hurmat qilaman. Nimadir kamçiligim bölsa özimniki, yutuğim ota-onamniki deb bilaman.
Nafisa unga ta’lim bergan ustozlarini ham unutmaydi.
«Menimça, 2 yilda bunday natija körsatişimda biologiya fanidan ustozim Narzullo Qodirov va kimyo fanidan ustozim Dilşod Norqulovning mehnati va maşaqqati katta. Ulardan doim minnatdor bölganman», — deydi u.
Nafisaning kelgusidagi öqişlariga muvaffaqiyat tilab, xayrlaşdik. Uning bir gapi bizningça juda muhim: «Agar maktabda 11 yil öqiş nimanidir hal qilsa, biz öqişga kiriş statistikasida buning isbotini körgan bölardik». Darhaqiqat, Nafisadek bilimli yoşlarni maktabda yana ikki yil vaqtini yöqotmasdan, öqişga qabul qiliş tizimini yölga qöyiş vaqti yetmadimikin?
Şu örinda, nega DTM bazasi 9-sinf bitiruvçisining hujjatini qabul qilgani, u öqişga kirgan bölsa-da, öqiy olmaydimi kabi savollar yuzasidan DTM matbuot xizmati bilan boğlandik. DTM boş mutaxassisi Jamşidbek Odilov bu borada tuşuntiriş berdi.
«Özbekiston Respublikasining «Ta’lim töğrisida»gi Qonunida umumiy örta (ön bir yillik ta’lim), örta maxsus (töqqiz yillik tayanç örta va ikki yillik örta maxsus ta’lim), boşlanğiç professional ta’lim (töqqiz yillik tayanç örta va ikki yillik boşlanğiç professional ta’lim) olgan şaxslar, şuningdek, uşbu Qonun kuçga kirguniga qadar örta maxsus, kasb-hunar ta’limi (töqqiz yillik umumiy örta va uç yillik örta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan şaxslar oliy ma’lumot oliş huquqiga egaligi belgilangan.
Şu sababli abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga öqişga kiriş uçun onlayn röyxatdan ötişda umumiy örta ta’lim (11-sinf negizida) yoki örta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat ma’lumotlarini tizimga kiritadilar va talabalikka tavsiya etilgan taqdirda mazkur hujjatning aslini ilovasi bilan oliy ta’lim muassasasiga taqdim etadilar.
Bunda Davlat test markazining abituriyentlarni onlayn röyxatga oliş tizimi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan bölib, joriy yil bitiruvçilarining tugatgan ta’lim muassasasi böyiça ma’lumotlari vazirliklarning axborot tizimlaridan real vaqt rejimida olinadi», - deydi u.
Ta’kidlanişiça, Nafisa Ravşanova 2022-yil 28-iyun kuni Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali onlayn röyxatdan ötgan bölib, röyxatdan ötiş uçun ID-kartadagi şaxsiy raqam tizimga kiritilgan vaqtda uning pasport ma’lumotlari Davlat personallaştiriş markazidan, tugatgan ta’lim muassasasi böyiça ma’lumotlar esa Xalq ta’limi vazirligidan real vaqt rejimida olingan.
«Bunda Nafisa Ravşanovaning ma’lumotlari Xalq ta’limi vazirligining axborot tizimidan joriy yil bitiruvçisi sifatida taqdim etilgan. Şu sababli Nafisa Ravşanova abituriyent sifatida röyxatga olingan va test sinovlarida iştirok etişi belgilangan», – deb tuşuntiriş beradi Odilov.