Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari Dmitriy Medvedev bir hafta içida ikkinçi marta yadro qurolidan foydalanilişi ehtimoli haqida bayonot bilan çiqdi.
Medvedev 27 sentabr kuni Telegram'dagi kanalida Rossiyani yadroviy quroldan tiyilişga qaratilgan Ğarb davlatlarining çaqiriqlariga munosabat bildirdi. Bunday çaqiriqlar RF prezidenti Vladimir Putinning ötgan haftadagi navbatdagi yadroviy tahdididan keyin yangragan edi. Xususan, AQŞ Rossiyani yadroviy hujumga javoban “falokatli oqibatlar”dan ogohlantirgan edi.
Medvedev özining haqoratli postida Ğarbning bayonotlarini “sözlar vositasidagi odatiy iç ketişi”, “diareyali demagogiya favvorasi” deb ta’rifladi, NATOni esa “köpikli Atlantika tupugi” deb atadi.
“Faqat özini eşitadigan karlarga yana bir marta eslatişga töğri keladi. Agar bunga zarurat bölsa, Rossiya yadro qurolini qöllaş huquqiga ega. Avvaldan belgilab qöyilgan vaziyatlarda. Yadroviy tiyib turiş sohasidagi davlat siyosati asoslariga qat’iyan muvofiq holda. Bizga yoki ittifoqçilarimizga şunday turdagi qurollar bilan hujum qilingan taqdirda. Yoki oddiy qurollarni qöllaş orqali qilingan agressiya davlatimizning mavjudligiga tahdid tuğdirgan taqdirda. Yaqinda Rossiya prezidenti ham bu haqda oçiqçasiga gapirdi”, dedi Medvedev.
RF XK rasmiysining qöşimça qilişiça, Rossiya “öziga duşman qöşnilari”ning yadro quroliga ega bölişiga yöl qöymaslik uçun barça işni qiladi. Medvedev misol qilib Ukrainani keltirdi va bu davlatni göyo “NATO davlatlari boşqarayotgani”ni iddao qildi.
“Ular tuşunişadi: agar Rossiyaga tahdid belgilangan xavf darajasidan ortib ketsa, javob qaytarişimizga töğri keladi. Heç kimdan ruxsat söramagan holda, uzoq muhokamalarsiz. Va bu aniq blef emas”, – deya yozdi Dmitriy Medvedev.
Uning sözlaridan anglaş mumkinki, Moskva Ukrainaga yadroviy hujum qilgan taqdirda ham NATOning mojaroga töğridan töğri aralaşmasligiga umid qilmoqda.
“Tasavvur qilaylik, Rossiya özining mavjudligi uçun tahdid bölgan, keng miqyosli agressiya aktini sodir etgan ukrain rejimiga qarşi eng dahşatli qurolni qöllaşga majbur böldi. Menimça, NATO bunday holatda ham nizoga töğridan töğri aralaşmaydi. Axir Şimoliy Atlantika alyansi uçun heç kimga keraksiz, ölib ketayotgan Ukrainadan köra Vaşington, London va Bryusselning xavfsizligi muhimroq”, – dedi RF Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari.
Ma’lumot uçun, Dmitriy Medvedev 22 sentabr kungi postida Rossiya nafaqat safarbarlik imkoniyatlaridan, balki “har qanday, xususan strategik yadro va yangi prinsiplardagi qurollardan ham” foydalanişga tayyorligini













