Qöşinlar guruhi vakili tegişli ma’lumotni teleefir vaqtida aytgan, deb xabar bermoqda «Suspilne» naşri. 

Sergey Çerevatiyning sözlariga köra, Yampol, Novoselovka, Şandrigolovo, Drobişevo, Stavki aholi punktlari ozod qilingan.

Avvalroq Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Oleksiy Arestoviç Ukraina Qurolli kuçlari Limanni bir neça kun içida Rossiya okkupatsiyasidan ozod qilişi mumkinligini aytgandi. 

Uning sözlariga köra, hozirça şahar töğrisidagi vaziyat haqida töliq ma’lumot yöq. Ba’zi manbalarga köra, şahar allaqaçon töliq örab olingan, boşqa ma’lumotlarga qaraganda, rossiyaliklarda hali ham şahardan çiqib ketiş imkoniyati mavjud.

Bundan oldin prezident Volodimir Zelenskiy devonining maslahatçisi Oleksiy Arestoviç Limanda 5,5 mingga yaqin rossiyaliklar qurşab olinişi mumkinligini bildirgandi.

Turli manbalarga köra, qurşovda 2,5 mingdan 5,5 minggaça rossiyalik harbiy xizmatçilar bor, deb xabar qildi Oleksiy Arestoviç. 

Uruşni örganiş böyiça Amerika instituti (ISW) Ukraina qöşinlari Donetsk oblastining Liman hududida Rossiya kuçlarini qamal qilişni yakunlagan bölişi mumkinligi haqida ma’lumot bergandi.

Tahlilçilarga köra, ukrainaliklar Limandan 10 km şimolda joylaşgan Stavok hududida Rossiya mudofaasini yorib ötib, Liman ğarbidagi çiziqni uşlab turgan rossiyaliklar uçun oxirgi ta’minot kanali va çiqiş bölgan Torskoye-Drobişevo yölini tösib qöyişgan. 

ISW ta’kidlaşiça, Drobişevo va Liman hududlarida mudofaani uşlab turgan 20-armiyaning BARS-13 bölinmalari va 752-motoöqçilar polki «öta oğir» vaziyatga tuşib qolgan. ISW ekspertlariga köra, Ukraina qöşinlari Limanni ozod qilişga qodir.