Avval dehqonlar özlari bilganiça, talab-taklifdan kelib çiqib dehqonçilik qilaverişgan:
– Qöşni, bu yil nima ekamiz?
– Qovun qimmat böladi-yov, qovun ekamiz!
Kimdir ularga “buni ek, uni qil, buni qil” deyişlarini xayollariga ham keltirişmagan.
Keyin qanaqadir qizilbayroqlilar kelib, hammasini ostin-ustin qivorişgan. “Kolxoz” degan narsaga hammani töplab, “yer davlatniki (ya’ni bizniki), yerdan olgan hosil – hammamizniki” deb e’lon qilişgan.
Qişloq xöjaligida şaxsiy manfaatdorlik tuşib ketgan.
Dehqon yerni ÖZINIKI deb bilib işlatsa, u öşa yerga ĞAMXÖRLIK qiladi, çunki uzoq kelajakda ham yeridan foyda olişni közlaydi. Va barça kerakli tadbirlarni amalga oşiradi.
Keyin nima böldi? Yerlar “hammaniki” bölgani uçun ayovsiz işlatildi: kimyoviy moddalar me’yorsiz – juda köp işlatildi, heç kim yerning ğamini yemadi, natijada yerlarning ahvoli yomonlaşdi. Suv hisobi olinmagani bois Orol dengizining suvi kamayib ketdi.
Keyin Özbekiston mustaqil böldi. Ammo yer baribir egali bölmadi. Yerlar “fermerlar” degan kişilarga ijaraga berildi, ular egalik qiladi yerga deyildi.
Ammo ular ham haqiqiy ega bölişmadi. “Paxta va buğdoy ekasan, mahsulotni davlatga (ya’ni bizga) berasan”, deyişdi ularga. Natijada yer va unda ösgan mahsulotga EGA bölmagan fermerlarning köpi yerlarni, tabiiyki, töğri işlatişmadi. Ba’zilari yerga berilişi kerak bölgan öğitlarni sotişdi, ba’zilari xöjakörsinga işlab, hosildan böşagan yerlarni dehqonlarga ikkinçi ekinga sotib ötirişdi. Ammo bu hali hammasi emas.
Fermer yerlari ba’zi hokimlar uçun mömay daromad manbayi böldi. Qanday qilib?
Deylik, bir odamga bir fermerning yeri yoqib qoldi – öziga olmoqçi böldi. Hokimning oldiga borib, şu yerni unga olib berişini söraydi. Albatta, mukofot evaziga. Hokim mukofotni oliş uçun, haligi fermerni “yomon işlayapsan”ga çiqaradi. “Yaxşi işlayapman-ku” desa foyda bermaydi – hokimning qöllari uzuun çunki. Masalan suvçiga “suv berma bunga” deydi, suvsiz buning yeri dabdala böladi va... iş pişdi! Yer anavi odamga olib beriladi, mukofot esa çöntakka tuşadi.
Keyin bu yer... yana bir odamga yoqib qoladi, hokim pulini olib uni... unga olib beradi, keyin yana bir odamga bu yer yoqib qoladi va... Bu manzara davom etaverdi, etaverdi. Yerlarning holati esa yomonlaşaverdi, yomonlaşaverdi, poralar – olinaverdi, olinaverdi. Egasiz yerlar eskiçasiga suğorilgani bois, Orol dengizi qurib boraverdi, boraverdi. Va... deyarli qurib bitdi.











