Payme VISA virtual kartasi bilan hech qiynalmay butun dunyo bo‘ylab onlayn-do‘konlardan xarid qilishga qaror qilish mumkin.
Sardor va Muxlisa turli film va seriallarni tomosha qilishni yaxshi ko‘rishadi, shuning uchun ular xorijiy filmlar xizmatiga obunani sotib olishmoqchi. Ularning qizi Samira internet-do‘konda sotib olgisi kelib yurgan ko‘ylakni ko‘rib qoldi. Kichik o‘g‘li kompyuter o‘yinlarini o‘ynashni va oddiy o‘yinchilardan alohida ajralib turishni yaxshi ko‘radi. U pul yig‘gan va uni chiroyli skinlar olishga sarflamoqchi. Ammo oila a’zolarining istaklarini xalqaro kartasiz amalga oshirish imkonsiz.
Kartani ochishga nisbatan uzoq va mashaqqatli jarayon deb qaraladi, shunga qaramay uni shu yerda va hoziroq sotib olishni xohlaymiz.
Ammo hammasi ko‘ringani kabi qiyin emas! Payme VISA virtual kartasini ochishingiz va nihoyat, aynan o‘sha orzungizdagi xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin.
Nima uchun virtual karta kerak?
Payme VISA Virtual - virtual bank xalqaro kartasi bo‘lib, u orqali butun dunyo bo‘ylab onlayn to‘lovlarni amalga oshirish, elektron hamyonlarni to‘ldirish, pulli xizmatlarga obunani sotib olish, yangilash va boshqa ko‘plab jarayonlarni amalga oshirish mumkin. Kartaning o‘zi so‘mda, to‘lov hamkor bank Ravnaq-bank kursi bo‘yicha xorijiy valutada amalga oshiriladi.
Uni ochish uchun bankka borish, ariza qoldirish va kartaning chiqarilishini kutish shart emas. Hammasi ilovada onlayn tarzda amalga oshiriladi. Ariza topshirishga bir necha daqiqa ketadi va u foydalanishga tayyor.
Uni qanday ochish kerak
Payme VISA Virtual kartasini bir necha qadamda ochish mumkin:
1. "VISA virtual kartasi" banneriga o‘ting yoki "Mening kartalarim" bo‘limidagi "+" belgisini bosing va VISA’ni tanlang.
2. "Davom etish" tugmasini bosing.
* Agar hali identifikatsiyadan o‘tmagan bo‘lsangiz, undan o‘tishingiz kerak.
3. Muvaffaqiyatli ochilish haqida push-xabarnomani kuting.
Kartani ochishda uni faollashtirish, raqam va CVV kodini olish uchun hisobni 15 000 so‘mga to‘ldirish kerak. Bu summa kelgusida erkin ishlatilishi mumkin: u kuymaydi, bloklanmaydi va xaridlar uchun mavjud bo‘lib qoladi.















