Mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşining 30 sentabrdagi qarorini kuçga kiritiş haqidagi farmonni imzoladi.
Qayd etilişiça, bu hujjat Rossiyaning Ukraina hududlarini annexia qilişi munosabati bilan qabul qilingan.
Bundan oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va prezident devoni rahbari maslahatçisi Mixaylo Podolyak amerikalik milliarder Ilon Maskning öz davlatlari va Rossiya örtasidagi uruşni tinç yöl bilan hal qiliş yöli haqidagi taklifiga izoh bergandi.
Tesla va SpaceX asosçisi Ilon Mask Twitter'dagi sahifasida Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşidagi mavjud vaziyat haqidagi fikr yozib, sulhga erişişning ehtimoliy yöllarini aytib ötgan edi.
Mask, agar Qrim tahdid ostida bölsa, Rossiya aholining umumiy safarbarligini boşlaşi, bu esa «har ikki tomondan ölimlarga olib keladi», degan fikrni bildirdi. Tadbirkorning ta’kidlaşiça, Rossiya aholisi Ukrainanikidan uç baravar köp, şuning uçun «umumiy uruş» holatida Ukraina ğalaba qozonişi dargumon. «Agar Ukraina xalqi siz uçun muhim bölsa, tinçlikka erişiş yöllarini qidiring», - dedi u.
Öz navbatida, Volodimir Zelenskiy Twitter'dagi sahifasida «Sizga qaysi Ilon Mask köproq yoqadi?» sörovnomasini boşladi. Javob variantlari - «Ukrainani qöllab-quvvatlaydigan» va «Rossiyani qöllab-quvvatlaydigan».
Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanganidan söng, 2022 yil fevral oyida Ilon Mask Kiyevga Starlink sun’iy yöldoş internet terminallarini bepul taqdim etdi.
Ular yuqori tezlikdagi internetdan kerakli şaroit mavjud bölmagan joylarda foydalaniş imkonini beradi va Ukraina armiyasiga, jumladan, artilleriya zarbalarini muvofiqlaştiriş va dronlarni boşqariş imkonini taqdim etadi.













