Lotereyada iştirok etiş uçun talabgorlar dvprogram.state.gov sayti orqali ariza-anketa töldirişi lozim. Anketa töldiriş va lotereyada iştirok etiş bepul.

Arizalar qabuli 8 noyabr Toşkent vaqti bilan soat 22:00ga qadar davom etadi.

AQŞning Özbekistondagi elçixonasi talabgorlarni muhlatning oxiriga qadar kutmaslikka çaqirdi: sönggi kunlarda sayt işida texnik nosozliklar kuzatilişi mumkin.

Diversity Visa Program – turli millat vakillari uçun viza dasturi bölib, Amerikaga immigratsiya körsatkiçlari tarixan kam bölgan xalqlar vakillarining AQŞga köçib kelişiga imkoniyat beriş uçun joriy etilgan. Bu orqali Amerika xalqini taşkil etuvçi millatlar xilma-xilligini oşirib boriş közda tutilgan.

Lotereya orqali har yili dunyo böylab 55 ming kişiga grin-karta beriladi. Biroq lotereyada bundan ikki barobar köp odam ğolib deb topiladi. Xususan, DV-2023 lotereyasida 119 262 kişi tasodifiy ravişda tanlab olingan. Aytilganidek, tanlab olinganlarning faqat 55 ming nafariga viza nasib qiladi. Qolganlar turli sabablar bilan, xususan hujjatlaridagi kamçiliklar va suhbatdan öta olmagani uçun grin-karta ololmaydi.

DV ğolibi bölgan holda AQŞ rezidenti bölganlar 10 yil davomida AQŞda doimiy yaşaşlari, şundan söng muddatni uzaytirgan holda 5 yildan keyin fuqarolik olişlari ham mumkin. Dastlabki 15 yil davomida ular saylaş va saylanişdan taşqari Amerika fuqarolariga berilgan deyarli hamma huquqlardan foydalana oladi.

Grin-karta orqali AQŞga boriş böyiça özbekistonliklar yuqori örinlarda turadi. DV-2023 mavsumida Özbekistonning 5511 nafar fuqarosiga yutuq çiqqan. Bu – dunyo böyiça uçinçi körsatkiç.