Poytaxt köçalariga 720 ta çiqindi qutilari örnatilmoqda. Bu haqda Toşkent şahar hokimiyati xabar berdi.

Qayd etilişiça, Çilonzor tumani Lutfiy mahallasida yaşovçi fuqaro avtobus bekati yonida çiqindi qutisi yöqligi uçun, «Xalq nazorati» portaliga xabar bergan. Şu bahonasida ayni vaqt markaziy köçalar hamda xiyobonlarda 50-100 metrgaça oraliq masofada 3 xil rangli maxsus çiqindi qutilari joylaştirib çiqilmoqda.

Şahar obodonlaştiriş boş boşqarmasi boşliği örinbosari Rustam Yusupovning ma’lumotiga köra, Toşkent şahri 2022-2023 yillar davomida çiqindi qutilar bilan töliq ta’minlanadi. Buning uçun jami 9 ming 300 ta maxsus qutilar kerak.

Bundan oldin, şahar hokimiyati «Xalq Nazorati» portalining maxsus bölimida örindiq va çiqindi taşlaş qutilarini örnatiş uçun manzillar böyiça takliflar töplayotgan edi.