Samarqand şahrida jamoat transportining abgor ahvoli, uni yaxşilaş yölida qilinajak işlar haqida Kun.uz’da avval ham xabar berilgan. Xususan, Rossiyaning «SIMETRA» kompaniyasi Samarqand şahri va şaharning 40 km radiusidagi hududida transport harakatini tartibga keltiriş böyiça reja ustida işlayotgani ma’lum qilingan, şahar deputatlar e’tiboriga havola etilgandi.

Viloyat transport boşqarmasi boşliği Akobir Aşurov jurnalistlar bilan ötkazgan uşbu matbuot anjumanida ham qilingan işlar emas, köproq möljallangan rejalar va bölajak loyihalar haqida gap bordi.

Kasod bölayotgan avtokorxonalar

Akobir Aşurovning hisobot berişiça, Samarqand şahrida transport qatnovi 100 foiz xususiy qöllarda. Pandemiya davrida, şuningdek, hokimlik tomonidan subsidiya mablağlari tölab berilmayotgani sababli bir neça rentabelsiz yönalişlarda avtobus qatnovlari töxtagan, yölovçi taşiş bilan şuğullanadigan korxonalar qarzga botgan, bankdan olgan kreditlari evaziga ularning avtotransport vositalari musodara qilingan.

Şaharda 60 ta yölovçi taşiş yönalişlaridan 21 tasi öz sarf-xarajatlarini qoplamaganligi uçun yopilgan. Viloyat miqyosida esa jami 201 ta yönalişdan 67 tasi faoliyatini yakunlagan.

«Ahvolning mana şundayligi ham sohaga investitsiya kirib kelişi uçun katta tösiq bölmoqda», — dedi A.Aşurov.

Ma’lumki, jamoat transporti sohasi butun dunyoda ziyonga işlaydigan sohadir. Özbekiston ham bundan mustasno emas. Şu sababli hukumat qarorlari bilan şahar içida va şaharlararo yölovçi taşiş bilan şuğullanadigan korxonalarga subsidiya ajratiş nazarda tutilgan. Buning evaziga yölkira haqi 1400 söm qilib belgilangan. Zarar qismi davlat budjetidan yölovçi taşuvçi korxonalarga qoplab beriladi.

Akobir Aşurov, Samarqand viloyat transport boşqarmasi boşliği

«Yölovçi taşuvçi korxonalar tomonidan 1 mlrd söm uçun subsidiyaga sörov tayyorlangani bilan uning atigi 140 million sömi tölab berildi. Çunki korxonalar hujjatlarni tegişli ravişda rasmiylaştirişmagan. Şu sababli ularga moliya boşqarmasi tomonidan rad javobi berildi»,