10 oktyabr tongida Ukrainaning butun şaharlari, Kiyevdan tortib Odessagaça, yoppasiga öqqa tutildi, bunaqasi faqat uruşning ilk kunlarida kuzatilgandi. Ukraina hukumati 14 qurbon va 100 ga yaqin yarador haqida xabar bergan. Vladimir Putin bu hujumlar «Kiyev rejimi jinoyatlari»ga javob ekanini aytgan va Rossiya hududida «teraktlar davom etgan taqdirda» javob yanada «qat’iy» bölişini va’da qilgan. Ukraina RF Xavfsizlik kengaşi a’zolari — jumladan Dmitriy Medvedev, Sergey Şoygu va Valentina Matviyenkoga qidiruv e’lon qildi. RF Tergov qömitasi rahbari Aleksandr Bastrikin Medvedev «noqonuniy ta’qib etilişi» yuzasidan jinoiy iş oçdi. Aleksandr Lukaşenko Rossiya va Belarus «mintaqaviy guruh joylaştirişi» haqida e’lon qildi: aynan qayerga va nima uçun, bunisiga aniqlik kiritmagan.

Quyida 10 oktyabr, uruşning 229-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kunning asosiy voqeasi: butun Ukraina böylab raketa zarbalari

Rossiya harbiy kemasidan Ukrainadagi nişonlarga qarata qanotli raketa uçirilişi. Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabiga köra, rossiyalik harbiylar Ukraina şaharlari tomon 80 dan ortiq raketa uçirgan, şundan yarmi havo hujumidan mudofaa tizimlari orqali tutib qolingan.
RF mudofaa vazirligi matbuot xizmati / AP / Scanpix / LETA
Kiyevdagi markaziy köçalardan birida yonayotgan maşinalar yonida çopib ketayotgan yigit. Ukraina poytaxtida Rossiya zarbalaridan şikastlangan obektlar qatorida «101 Tower» biznes-markazi binosi ham bölib, u yerda Germaniya elçixonasi viza bölimi ham joylaşgan. Şuningdek, rayon markaziy temiryöl vokzali, Taras Şevçenko nomidagi parkka raketalar kelib tuşgan.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevdagi binolardan birining taşqi körinişi. RF mudofaa vazirligi Rossiya qöşinlari «faqai harbiy boşqaruv, aloqa va energetika obektlari»ga zarbalar berilganini ta’kidlagan