«Bilişimça, biz buni aniq buyurtma qilmaganmiz», dedi Zelenskiy. Şu bilan birga, u portlaş Rossiya qurolli kuçlari va Rossiya maxsus xizmatlari örtasidagi içki kuraş natijasi bölişi mumkinligini taxmin qildi.
«Ularda harbiy xizmatçilar va ularning maxsus xizmatlari, razvedka xizmatlari örtasida jiddiy aloqalar bor. U yerda boşqaruv va boşliqlarning soni juda köp. Bu katta tizim. Sovet ittifoqida bu KGB edi. Bugungi kunda u bir neçta bölimlardan iborat bölib, ularning qaysi biri asosiy ekanligini doimiy ravişda hal qiladi», - deya tuşuntirdi Ukraina prezidenti.
Bu Ukraina rasmiylarining Qrim köprigidagi portlaş böyiça birinçi rasmiy izohidir.
Avvalroq Kiyev 10 oktyabrdan beri Rossiyaning öqqa tutişi natijasida Ukraina elektr stansiyalarining uçdan bir qismi vayron bölganini bildirgandi. Zelenskiy Rossiya hukumatini terrorçilik faoliyatida aybladi.
U Ukrainaga qarşi keng kölamli uruş boşlagan Rossiya hukumatini mamlakatning energetika va öta muhim infratuzilmasiga qarşi qaratilgan terrorçilik faoliyatida aybladi. «Putin rejimi bilan muzokaralar uçun joy qolmadi», dedi Zelenskiy.
10 oktyabrdan beri Rossiya kuçlari Ukraina infratuzilmasiga hujumlarini keskin kuçaytirdi. Bu Kreml Ukraina xavfsizlik xizmatlarini ayblagan Qrim köprigidagi portlaşlardan keyin sodir böldi. Kiyevda esa, öz navbatida, bu portlaşlarga aloqasi yöqligini ma’lum qilgan.


















