Toşkentning Çilonzor tumani Kötarma mahallasi 1-, 3-, 9- va 39- uylar oraliğidagi hududda tadbirkor köp qavatli turar joy qurmoqçiligi, ammo fuqarolar bundan norozi ekanligi haqida xabar berilgandi. Uşbu 15 sotix yer maydoni Toşkent şahar hokimining 2020 yil 9 dekabrdagi 1147-sonli qarori asosida fuqaro Mirhamid Mirxodjayevga kompensatsiya tariqasida doimiy foydalaniş huquqi bilan köp qavatli turar joy quriş uçun ajratilgan.

Holat böyiça Çilonzor tuman hokimligida işçi guruh tuzilib, mazkur hududda örganiş işlari olib borildi. 8 noyabr kuni tuman hokimi, mutasaddilar, Qonunçilik palatasi deputati, fuqarolar va tadbirkor iştirokida uçraşuv ötkazildi. Unda tadbirkor qölida kerakli hujjatlari borligini, lekin mutasaddilar tomonidan qurilişga ruxsat berilmayotganiga tuşunmayotganini bildirdi.

“Örganişlar natijasida şuni bildikki, 2008 yilda mazkur hududda köp qavatli turar joy binosi qurilişi rejalaştirilgan ekan. Öşa yilgi arxiv hujjatlari buni tasdiqlab turibdi. Tegişli taşkilotlar mutasaddilari bilan kelişib, ruxsatlar olinib, quriliş işlarini boşlagani keldik. Maydonda fevral oyida daraxtlar ekilgan. Biz ularni köçiriş uçun kelganimizdan keyin fuqarolarda norozilik kelib çiqdi. Şaharsozlik normativ hujjatlariga asosan binomiz yon atrofdagi “dom”lardan 40-45 metr uzoqlikda joylaşadi. Turar joyimiz 8 qavat va uning mansardasi ham bor. Vakilimiz tomonidan atrofda yaşovçilarga tuşuntiriş işlari olib borilib, ularning rozilik xatlari olingan”, — deydi tadbirkor.

Sa’dulla Sayfullayev, tadbirkor Foto: Kun.uz

Uçraşuvda ta’kidlanganidek, 1-, 3- va 9-uylarda yaşovçi fuqarolar uşbu hududda bolalar va sport maydonçasi, qariyalar dam olişi uçun şiypon, avtoturargoh quriş şarti bilan quriliş olib borilişiga rozilik bildirişgan. Bu haqda mahalla fuqarolar yiğinining bayonnomasi ham rasmiylaştirilgan. Fuqarolar esa “Max Building Project” MÇJ bu yerda bino qurmoqçi ekanidan umuman xabari yöqligi, rozilik imzosi haqiqiy emasligini aytişmoqda.